Bo’ri

Bo’ri-qadimiy odatga ko’ra sog’ bo’lsin, mahkam bo’lsin deb bo’rining jaridan (terisidan) o’tkazib olingan bola yoki tish bilan tug’ilgan bola. Shakllari: Bo’riboy, Bo’rijon, Bo’ribek, Bo’ritoy, Bo’riqul.

Burhoniddin

Burhoniddin-Islom Dinining inkor qilib bo’lmas dalili, hujjatli yoki din qo’riqchisi, dinni dalillovchi. O’rta asr hukmdorlari o’zlarini Burhoniddin-dinning himoyachisi, dinni asrovchi deb yuritishgan va bu so’z ularning faxriy unvoni bo’lgan