Bordyur
Bordyur – 1) yo’llar, trotuar, gazon va hokazolarni ajratib turuvchi ensiz tasmalar (to’suvchi toshlar, plitalar); 2) xona devorlarining yuqori qismlarini chizish yoki chegara (bo’yashda yoki devor qog’ozi ishlarida).

Bordon – qobig’i tozalanmagan qamishdan to’qilgan dag’al to’shama. Sinchli uylar tomini yopishda keng qo’llaniladi.
Borgoh – ulug’ dargoh; saroy, koshona, qasr, ko’shk.
Bora – qal’a (qo’rg’on) devori.
Bombapanoh – himoya inshooti, fuqarolik mudofaasi ob’yekti, bomba va snaryadlarning kuchli portlash va parchalanish ta’siridan, vayron bo’lgan binolarning parchalaridan, zaharli gazlarning zaharlovchi ta’siridan himoya qilish uchun mo’ljallangan joy.
Bolta (chopqi, tobor) – yog’ochni yorish, daraxt kesish uchun ishlatiladigan yog’och dastali temirdan yasalgan asbob. Masalan: duradgorlik boltasi.
Bolt – bir uchi rezbali, ikkinchi uchi esa boshmoqli sterjen shaklidagi mahkamlovchi detal.
Bolopo’sh – ship, tom, yopinchiq.