Bindi (burni)
Bindi (burni) – eshik tabaqalari o’rtasidagi chokni berkituvchi tik yog’och. Shakli ko’pincha ustunni eslatadi.
Bindi (burni) – eshik tabaqalari o’rtasidagi chokni berkituvchi tik yog’och. Shakli ko’pincha ustunni eslatadi.
Binafshagul – binafsha guli va rangini eslatuvchi naqsh. Kulollikda (Toshkentda ko’proq lagan o’rtasiga, Rishton, G’ijduvon islimiy gullar orasiga) qalami uslubida chizilib, shu usulda bo’yaladi.
Bilvosita (ko’ndalang) armatura – siqilgan temir-beton konstruktsiyalar yoki ular qismlarining yuk ko’tarish xususiyatini va beton ko’ndalang deformatsiyasining toraytiruvchi rivojlanishini oshirishga mo’ljallangan armatura. Ko’ndalang armatura sifatida spiralli o’rama, halqa, xomut, po’lat … Read More
Bikonstruksiya – panjara-bog’lanishlar bilan birlashtirilgan va o’z tekisliklari bo’yicha o’zgarmaydigan ikki yassi sterjentli tizimdan tashkil topgan fazoviy tuzilma.
Bikrlik yadrosi – yuk ko’taruvchi tizimining diafragmadan tashkil topgan va ochiq yoki yopiq profilli fazoviy qismi.
Bikrlik qavurg’asi – konstruksiya elementlarining shishiga (bo’rtishga) nisbatan qarshiligini oshirish yo’li bilan shu elementlar alohida uchastkalarining bikrligini oshirishga mo’ljallangan yupqa plastinkalar ko’rinishidagi konstruksiya elementlari (ustunlar, to’sinlar, plitalar va hokazolar).
Bikrlik diafragmasi – yuk ko’taruvchi tizimning vertikal elementi bo’lib, u gorizontal yuklarni qabul qilish va ularning poydevorlarga uzatilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bikrlik diafragmasi rigellar, orayopma plitalari, zinapoyalar, muhandislik uskunalaridan unga … Read More
Bikrlik belbog’i – armaturalangan quyma temir-beton to’sin, u bino yer usti qismining bikirligini oshirish va yerning notekis deformatsiyalanishini kamaytirish uchun mo’ljallangan.