Benzinli keskich
Benzinli keskich – beton, tosh, asfalt, metall, keramika va boshqa turdagi yuqori zichlikka ega materiallarni kesish uchun mo’ljallangan professional, maxsus uskuna.
Benzinli keskich – beton, tosh, asfalt, metall, keramika va boshqa turdagi yuqori zichlikka ega materiallarni kesish uchun mo’ljallangan professional, maxsus uskuna.
Bemoriston (bemorxona) – davolash muassasasi, shifoxona, kasalxona.
Bengu (benigu, bengku) (turkcha: bengu – “umrbod”) – yodgorlik, yodnoma, osori atiqa.
Belkurak (kurak) – qum, qor kabi mayda narsalarni sidirish, yig’ish, surish uchun ishlatiladigan uzun sopli asbob. Asosiy qismi temir, yog’ochdan yasaladi. Masalan: teskari kurak, to’g’ri kurak, uchli belkurak va hokazolar.
Belkash – paxsakash ustaga pastdan pishiq loyni bel (belkurak) bilan kesib yuqoriga otib beruvchi yordamchi, mardikor.
Belveder – tarhi bo’yicha ko’rinishi, odatda, doirasimon bo’lgan va bino ustiga quriladigan gumbaz (minora).
Belitli portlandtsement – normalanuvchi mineralogik taskibli portlandtsement klinkeri, gips va faol mineral qo’shimchalarni (15%gacha) qo’shib, aralashtirish orqali olinadigan gidravlik bog’lovchi modda.
Belit – portlandtsement klinkerining ikkilamchi asosiy minerali; u sekin qotishi bilan ajralib turadi, lekin portlandtsementni uzoq vaqt davomida qotishida uning yuqori mustahkamlikka erishishini ta’minlaydi.
Belgilash (belgi qo’yish) – biror narsani belgilash, biror narsaga ishora qilish maqsadida qo’yilgan belgi, ishora. Masalan: egish uchun belgi qo’yish, fazoviy belgilash va hokazolar.
Belilar (oq bo’yoq) – har xil tarkibli oq bo’yoq. Masalan: qo’rg’oshinli belila, titanli oq bo’yoq, ruxli oq bo’yoq va hokazolar.