Butxona
Butxona – 1) buga cho’kinadiganlar ibodatxonasi, cherkov. 2) ibodatgoh, Budda diniga mansub ibodatxona ham butxona deyilgan.
Butxona – 1) buga cho’kinadiganlar ibodatxonasi, cherkov. 2) ibodatgoh, Budda diniga mansub ibodatxona ham butxona deyilgan.
Butun ish kuni – bir ish kunida bir shaxs tomonidan amalga oshiriladigan ish vaqti hisobi birligi.
Butobeton (yirik tosh) yotqizma – xarsang toshlaridan terilgan tosh devor va qatlamlarda yotqizilgn beton aralashmalari, qoliplarda bajariladi yoki tik devorlar transheyalarida amalga oshiriladi.
Butobeton – xarsang tosh bilan to’ldirilgan beton.
Butkada – Budda diniga mansub ibodatxona. Markaziy Osiyo hududida Islom dinidan avval mavjud bo’lgan. Arxeologik qazilmalar natijasida butkada qoldiqlari, ko’plab haykallar topilgan (Quva, Termiz butkadalari).
But – xoch shaklidagi naqshli bezak.
Butagul – naqqoshlikda alohida joylashtiriladigan mayda gullar tasviri.
Bussol – 1) burchak o’chash asbobi; 2) joylarni suratga olish paytida burchaklarni o’lchash uchun ishlatiladigan geodezik asbob, kompasning maxsus turi.
Burchakdagi oraliq devor – bino burchagi va unga yaqin joylashgan deraza yoki eshik orasidagi oraliq devor, burchaklarga nuqtaviy tayandigan (krestsimon, yelkan ko’rinishidagi) savodlarga bo’linadi.
Burchak o’lchagich – chizmalarda burchaklarni qurish va o’lchash uchun mo’ljallangan yarim doira va darajalarga bo’linga o’lchagich shaklidagi qurilma. Masalan: yarim doirviy burchak o’lchagich.