Boumenova obolochka nima degani
Boumenova obolochka nima degani – muguz pardoning strukturasi tiniq qavatil epiteliy bilan muguz pardoning old yuzasi hamda uning xususiuy moddasi orasida joylashgan.

Boumenova obolochka nima degani – muguz pardoning strukturasi tiniq qavatil epiteliy bilan muguz pardoning old yuzasi hamda uning xususiuy moddasi orasida joylashgan.
Botulizm nima degani – tarkibida Clostridium botulinum toksini bor mahsulotlarni ovqatga ishlatganda kelib chiqadigan og’ir intoksikatsiya; asosan, markaziy va vegetativ nerv sistemasiinng shikastlanishi bilan ifodalanadi.
Bormashina nima degani – tish qattiq to’qimalarini parmalashda stomatology asboblari (borlar, drilborlar va boshqalar)ni aylantirib beradigan asbob.
Borodovka, so’gal nima degani – teri epidermis (eng ustki qavati) va so’rg’ichsimon qavati proliferatsiyasi natijasida kelib chiqadigan va viruslar paydo qiladigan xavfsiz o’sma. Kontakt yo’li orqali yuqadi.
Bradikineziya nima degani – parkinsonizmning namoyon bo’lishi; ilk harakatlarning qiyin bajarilishi, barcha harakatlarning sekin bajarilishi hamda gavdaning ma’lum holatini saqlay olaslikdan iborat.
Bromidrofobiya nima degani – o’z tanasidan chiqadigan hidni atrofdagilar sezib qolishidan miyada o’rnashib qolgan qo’rquv.
Bred, alahlash nima degani – fikrlash va mulohaza yuritish qobiliyatining buzilishi natijasida g’ayritabiiy, haqiqatga to’g’ri kelmaydigan, xato, bema’ni g’oyalarning paydo bo’lishi.
Bromidroz, badbo’y terlash nima degani – terda ko’p miqdorda yog’ kislotalari va ammiak birikmalarining bo’lishi yoki ularning ikkilamchi achishi bilan xarakterlanadi.
Bronxi nima degani – kekirdakdan o’pka to’qimalariga va aksincha, havo o’tkazib beradigan hamda uni doimiy yot zarralardan tozalab turadigan a’zo.
Bronxiolit nima degani – bronxiolalar devorining yallig’lanishi; ko’pincha virusli yoki bakterial etiologiyaga ega; mustaqil kasallik sifatida bir yoshgacha bo’lgan bolalarda uchraydi.