CHANDIGARH

CHANDIGARH — Hindistonning shimoliy g’arbiy qismidagi shahar, Himolay tog’lari etagida. Panjob va Xaryana Shtatlarining (ushbu Shtatlar tarkibiga kirmaydi) hamda Chandigarh ittifoqdosh hududining ma’muriy markazi. Aholisi 746 ming kishi (2001). Yetakchi … Read More

CHANGQO’BIZ

CHANGQO’BIZ, changqovuz — tilchali cholg’u asbobi. Plastinkasimon va yoysimon turlari bor. Suyak, yog’och, qamish, g’arov, metalldan yasaladi. Osiyo (Sibir, uzoq Sharq, O’rta Osiyo), Afrika va Yevropa xalklarida turli nomda tarqalgan … Read More

CHANGCHI

CHANGCHI — gulli (urug’li) o’simliklar gulining asosiy qismi. Changchi changdon va changchi ipidan iborat. Changchi oziq moddalar (qand, yog’, mineral tuzlar, oqsil) ga boy bo’lib, ular chang donachalarining o’sishi uchun … Read More

CHANGXO’RLAR

CHANGXO’RLAR (Alleculidae) — qo’ng’izlar oilasi. 1300 ga yaqin turi ma’lum. Uzunligi 4-25 millimetr, tanasi oval shaklda; rangi qora, qo’ng’ir yoki sariq. Yer yuzida, ayniqsa, Janub mamlakatlarda ko’p tarqalgan. O’simlik bargi, … Read More

CHANGSO’RGICH

CHANGSO’RGICH — xonalarni yig’ishtirish, mebel, kiyim-kechak, gilam va qalin pardalarni changdan tozalash uchun mo’ljallangan havo so’ruvchi qurilma. Devorlarni bo’yash, yogoch va metall sirtlariga bo’yoq purkash, havoni namlash, o’simliklarga dori sepishda … Read More

CHANGLANISH

CHANGLANISH, o’simliklarda — changlarning urug’chi tumshuqchasiga (gulli o’simliklarda) yoki urug’kurtakka (ochiq urug’lilarda) tushishi. Changlanishdan so’ng changdan chang naychasi rivojlanadi; naycha tugunchaga qarab o’sadi. Naycha orqali urug’ hujayralar — spermitlar urug’ … Read More

CHANGITKICH

CHANGITKICH — o’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, g’o’zaning barglarini to’kish (defoliatsiya) maqsadida ularga quruq changsimon moddalar (zaharli dorilar) sepish uchun mo’ljallangan qishloq xo’jalik mashinasi. Xuddi shu maqsadda o’simliklarga suyuq … Read More

CHANGDON

CHANGDON — changchining asosiy qismi. Unda mikrosporalar hosil bo’ladi. Keyinchalik ulardan chang donachalari shakllanadi.

CHANG DONACHALARI

CHANG DONACHALARI, chang zarralari (palinologiyard) — gullardagi changdonlarda hosil bo’ladigan donachalar. Mikrosporangiyda mikrosporadan rivojlanadi. Chang donachalari urug’kurtak kamerasiga (ochiq urug’lilarda) yoki urug’chi tumshuqchasiga (yopiq urug’lilarda) tushib, uni changlantiradi. Chang donachalarining … Read More