DANGALNISHIN

DANGALNISHIN (forscha) – Turkiston xonliklarida bo’lgan rutba (daraja, unvon). Dangalnishin asosan janglarda qahramonlik ko’rsatgan botirlarga berilgan. Dangalnishin xonning maslahatchilaridan bo’lib, uning suhbat va yig’inlarida qatnashgan, haq gapni xondan va boshqalardan … Read More

DANG

DANG — 1) og’irlik o’lchovi yoki pul birligi. Ulug’bek akademiyasining namoyandalaridan G’iyosiddin Jamshid alKoshiy (Koshoniy) o’zining «Arifmetika kaliti» asarida o’rta asrlardagi O’rta Osiyo va Eron xalqlarining og’irlik o’lchovi va pul … Read More

DANBURIT

DANBURIT — bor silikatlarining kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Ca[B2Si2O8]. AQShning Danburi koni (Konnektikut shtati) nomidan. Romb singoniyali. Kristallari prizma shaklida. Qattiqligi 7-7,5. Zichligi 3,0 gramm/santimetr kub. Rangi sarg’ish, … Read More

DANANG

DANANG — Vetnamning Markaziy qismidagi shahar. Kuangnamdanang provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 382,6 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Janubiy Xitoy dengizining Danang buxtasi sohilidagi yirik port (Xoshimindan keyin 2-o’rinda). Transport yo’llari tuguni. … Read More

DANAKLI MEVA DARAXTLARI

DANAKLI MEVA DARAXTLARI – ra’noguldoshlar (Atirgullilar oilasi) ga mansub, mevasi danakli ko’p yillik o’simliklar. Ularga o’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha (olvoli), gilos, tog’olcha, jiydadoshlardan jiyda va boshqalar kiradi. Danakli meva daraxtlari … Read More

DANAK SHO’RAK

DANAK SHO’RAK, Sho’rdanak – qovurilgan o’rik danagi, qadimgi tamaddi. Danaklar bir hafta davomida sovuq suvga ivitilgach, xandonpista kabi og’zi ochiladi. Danak issiq namakobda yana uch kun ivitiladi. So’ngra quritiladi va … Read More

DANAK

DANAK — etli meva orasidagi urug’ni o’rab olgan yog’ochlangan qobiqli qism (endokarp). Shaftoli, gilos, olcha, olxo’ri, tog’olcha, o’rik va boshqa mevalarda bo’ladi.

DANAYLAR

DANAYLAR — Yunonistonning Argolida viloyatida yashovchi qadimgi Yunon qabilalari, Gomer asarlarida Danaylar Troya urushi qatnashchilari bo’lib, ayyorlik qilib (yog’ochdan yasalgan Troya oti yordamida) Troyani olganlar; shundan «danaylar hadyasi» degan, ya’ni … Read More

DANA (DENA) JEYMS

DANA (DENA) JEYMS (1813.12.2, Yutika, Nyu-York shtati — 1895.14.4, Nyu-Xeyven, Konnektikut shtati) — amerikalik geolog va mineralog. Nyu-Xeyven universitetining professor (1855-92). 1837 yilda minerallarning kimyoviy tarkibiga asoslangan tasnifni ishlab chiqqan. … Read More

DAN TILI

DAN TILI — danlar tili. German tillari guruhining Skandinaviya (shimoliy Germaniya) shoxobchasiga kiradi. Daniyaning rasmiy tili bo’lib, unda 5,0 millionga yaqin kishi so’zlashadi. 16— 19-asrlarda Dan tili Norvegiyada ham rasmiy … Read More