DING

DING — karvon yo’llarida maxsus qurilgan minorasimon qorovulxona. Ichida istiqomat xonalari, tepasida kuzatish qafasasi bo’lgan. Ular orqali favqulodda xabar (yov bosqini, suv toshqini kabi)lar tezlik bilan mamlakat markaziga yetkazilgan.

Batafsil o‘qish

DINAS

DINAS (inglizcha Dinas Rock — Angliyadagi tog’ning nomi) — olovbardosh g’isht, tarkibida 93% gacha kremniy (IV)-oksid (silikat angidrid — SiO2) bo’ladi. Kvars jinslariga 2-3% ohak qo’shib tayyorlanadi. Dinas 1730° gacha … Batafsil

Batafsil o‘qish

DINKA

DINKA (o’zlarini djeng deb atashadi) — Sudandagi nilot guruhiga mansub xalq, 3 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Dinka tilida so’zlashadi. Asosan, an’anaviy diniy e’tiqodlarga amal qilishadi, musulmon-sunniylar ham bor. Chorvachilik, qisman … Batafsil

Batafsil o‘qish

DIONIS

DIONIS — yunon mifologiyasidagi uzumchilik hamda vinochilik xudosi. Zevs bilan fivalik Malika Semelaning o’g’li. Dionis sharafiga bag’ishlangan bayramlar o’ta xushchaqchakdik, kayf-safo bilan o’tgan.

Batafsil o‘qish

DIPTER

DIPTER (Yunoncha dipteros) — Yunonistondagi ibodatxonaning bir turi. Atrofi ikki qator ustunli ayvon bilan o’ralgan to’g’ri burchakli katta xona (masalan, Efesdagi Artemida ibodatxonasi, miloddan avvalgi 6-asr, hozirgi Turkiya hududida).

Batafsil o‘qish