Distrofiya
Distrofiya – ovqatlanishning buzilishi.
Distrofiya – ovqatlanishning buzilishi.
Dissimilyatsiya – tirik organizmlarda organik birikmalarning energiya ajratishi bilan bog’liq parchalanish reaksiyalari. Nafas olish va bijg’ish asosiy dissimilyatsion jarayonlar hisoblanadi.
Diskomitsetlar – xaltali zamburug’lаг guruhi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi va yeyiladigan turlari (qo’ziqorinlar) bоr.
Disaxaridlar – ikkii monosaxarid qoldig’idan tashkil topgan shakarlar.
Dipterologiya – zoologiyaning qo’shqanotli hasharotlarni o’rganadigan sohasi.
Diplokokklar – odatda juft bo’lib joylashgan sharsimon, yumaloq bakteriyalar.
Diploid – hujayrasi gomologik juft xromosomalar to’liq to’plamiga ega organizm.
Dimorfizm – bir turga mansub individlar orasida tashqi ko’rinishi bilan keskin farq qiluvchi ikki xil shaklning mavjudligi. Jinsiy dimorfizm, mavsumiy dimorfizm va boshqa xillari uchraydi.
Dinozavrlar, bahaybat kaltakesaklаг – qirilib bitgan sudralib yuruvchilarning katta turkumi. Bular trias davridan bо’r davrigacha keng tarqalgan. Uzunligi 30 metrgacha bo’lgan. O’rta Osiyoda qoldiqlari topilgan.
Dipeptidlar – ikki aminokislota qoldig’idan tashkil topgan birikmalar.