Domana, domon
Domana, domon – har bir narsaning etagi, tagi, tog` etagi. Tarixiy yodgorliklarda, masalan, «Bobirnoma»da domana tog`, yonbag`ri, tog` etagi ma’nosida ko`p uchraydi.
Domana, domon – har bir narsaning etagi, tagi, tog` etagi. Tarixiy yodgorliklarda, masalan, «Bobirnoma»da domana tog`, yonbag`ri, tog` etagi ma’nosida ko`p uchraydi.
Dislokatsiyalar (lotincha dislokatsio – siljish) – yer po`stidagi tektonik harakatlar natijasida tog` jinslarining dastlabki yotish holatining o`zgarishi.
Dyuna – shamol keltirib to`plagan qum tepalari.
Deflyatsiya (lotincha deflyatsio – puflash), – tog` jinslarining shamol ta’sirida yemirilib, maydalangan zarralarning boshqa joylarga ko`chishi. Deflyatsiya cho`llarda ayniqsa kuchli bo`ladi.
Direksion burchak (lotincha direksio-yo`nalish) – topografik xaritalarda koordinatalar turidagi vertikal yo`nalishlar bilan berilgan nuqta yo`nalishi oralig`idagi burchak. Soat strelkasi yo`nalishi bo`yicha hisoblanadi.
Dengiz iqlimi – dengiz havo massalari ta’sirida tarkib topgan iqlim. Dengiz iqlimi materiklarning dengizga yaqin qismlari, orollar uchun xarakterlidir. Bu iqlim yillik harorat amplitudasining kichikligi, sernam, serbulut va seryog`in bo`lishi … Read More
Dengiz kemalari – dengizlarda yolovchi, yuk tashuvchi (ko`mir tashigich, ruda tashigich, yogoch tashigich) kemalar, neft tashigichlar (tankerlar), refrijeratorlar (xolodilnik kemalar), dengiz paromlari va xilma-xil yuklar tashiydigan kemalar.
Dengiz (okean) havzasi – dengizning o`zi va quruqlikning dengizga yondashgan hamda yer usti, yer osti suvlari shu dengizga oqib tushadigan qismi.
Demografiya (yunoncha demos – xalq va grafo – yozaman) – biror hudud, mamlakat, bir qancha mamlakat yoki dunyo aholisining holati va undagi o`zgarishlarni o`rganuvchi fan tarmog`i. Demografiya aholining joylashuvi va … Read More