ENTO…

ENTO… (Yunoncha — ichki, ichida) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; ichki, ichkaridagi kabi ma’nolarni bildiradi (masalan, entoderma).

ENTERO…

ENTERO… (Yunoncha — ichak) o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; ichakka va ichki a’zolarga oidlik, tegishlilik ma’nolarini bildiradi (masalan, enterokolit, enteroptoz).

ENZELI

ENZELI (1925-80 yillarda Pahlaviy) — Eronning shimoliy qismidagi shahar. Aholisi 60 ming kishidan ziyod. Kaspiy dengizining Janubiy sohilidagi yirik port. Baliq ovlash va uni qayta ishlash markazi. Oziq-ovqat, yoyuchsozlik sanoati … Read More

ENDOTERM ORGANIZMLAR

ENDOTERM ORGANIZMLAR (Endo… va Yunoncha — issiq) — tana harorati yuqori bo’lgan issiq qonli hayvonlar. Endoterm organizmlarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’ladigan energiya hisobidan tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Barcha gomoyoterm … Read More

ENDOKRIN BEZLAR

ENDOKRIN BEZLAR (Endo… va Yunoncha kppo—ajrataman) — ichki sekresiya bezlari. Endokrin bezlarga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, buyrak usti bezlari, me’da osti bezining orolcha qismi, jinsiy bezlar, shuningdek, … Read More

ENDO…

ENDO… (Yunoncha — ichki, ichida, ichkarida) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; ichki, o’z ichidagi kabi ma’nolarni bildiradi (masalan, endoderma).

ENG YANGI TARIX

ENG YANGI TARIX — jahon tarixini davrlashtirishda, asosan, tarix fanida, 20-asr boshlari (birinchi jahon urushi boshlanishi) dan tortib to hozirgi kungacha bo’lgan davrning nomlanishi.

ENG KICHIK KVADRATLAR USULI

ENG KICHIK KVADRATLAR USULI — tasodifiy xatoliklarni o’lchash natijasida hosil bo’ladigan noma’lum miqsor qiymatini baholash usullaridan biri. Eng kichik kvadratlar usuli berilgan funktsiyani yanada soddaroq funktsiyalar orqali taqriban ifodalashda ham … Read More