EPIDEMIOLOGIYA

EPIDEMIOLOGIYA (epidemiya va …logiya) — tibbiyotning bir sohasi. Infektsion kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalishini o’rganadi, shuningdek, ularga qarshi kurash hamda oldini olish choralarini ishlab chiqadi. Epidemiologiya biologiya, mikrobiologiya, virusologiya, genetika, … Read More

EPIDEMIK PAROTIT

EPIDEMIK PAROTIT — o’tkir yuqumli kasallik. So’lak bezlari (ayniqsa, quloq oldi bezi)ning yallig’lanishi bilan kechadi. Filtrlanuvchi viruslar qo’zg’atadi. Havo yo’li orqali, bemor foydalangan turli idishlardan yuqadi. Epidemik parotit hamma yoshdagi … Read More

EPIGRAF

EPIGRAF (Yunoncha — ustki yozuv) — 1) Yunonistonda qabr toshlari ustidagi yozuv; 2) adabiy asar yoki uning biror qismi (bobi)ning tepasiga yozib qo’yilgan va shu asar yoki qism (bob) mazmunini … Read More

EPIGRAMMA

EPIGRAMMA (Yunoncha — ustki yozuv) — kichik hajviy she’r. Yunonistonda ibodatxona va haykallarga o’yib yozilgan she’riy parchalar Epigramma deb atalgan. Ularda ma’budlar va qahramonlar madh etilgan, ba’zan Epigrammalar hikmatli iboralarni … Read More

EPIGONLIK

EPIGONLIK (Yunoncha— keyin tug’ilgan) — badiiy adabiyot va san’atda yangilikka intilmaslik, an’ana shaklida paydo bo’lgan yo’nalish, uslub, janr hamda usullarni ko’r-ko’rona takrorlash, ko’chirmachilik. Epigonlik san’at va adabiyot namunalarini oldingi mazmunmohiyat … Read More

ERGASTERIYALAR

ERGASTERIYALAR (Yunoncha — ishlayman) — Yunoniston, ellinizm davridagi Sharqda, so’ngra Rim imperiyasining Sharqiy viloyatlari va so’ngra Vizantiyada — hunarmandchilik ustaxonalari. Odatda, Ergasteriyalarda qullar mehnatidan foydalanilgan. Ergasteriyalar egalari gohida o’zlari ham … Read More

ERBELO

ERBELO, Erblo de Molenvil Bartelemid (1625.14.2—1695.8.12) frantsuz sharqshunosi. Parijda tug’ilgan va shu yerdagi universitetda (klassik tillar va filologiya) o’qigan, ayni vaqtda Sharq tillarini mustaqil o’rgangan. 1692 yildan Parij universitetida suryoniy … Read More

ERATOSFEN

ERATOSFEN (miloddan avvalgi taxminan 276, Kirena, hozirgi Liviya — 194, Aleksandriya, Misr) — qadimiy yunon olimi. Aleksandriya (Iskandariya) va Afina shahrilarida tahsil ko’rgan. Iskandariya kutubxonasining boshlig’i bo’lgan. Mat. fanida tub … Read More

ERAN

ERAN — o’zbek xalq dostonlarida hamda shomonlik folklorida Doston qahramoniga, shomonga doimiy ravishda yordam beruvchi, ustozlik qiluvchi homiy kuch. «Eran» atamasi «Alpomish», «Go’ro’g’li» va boshqalar dostonlarda chiltonlar, Xizr va shahrik … Read More

ERALIYEV SUYUNBOY

ERALIYEV SUYUNBOY (1921.15.11, Talas viloyati) — Qirg’iziston xalq shoiri (1974). 2-jahon urushi qatnashchisi. 1945 yildan viloyat va respublika gaz.larida muxbirlik qilgan. Qirg’iziston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1959-65), adabiy maslahatchi (1967— 84). … Read More