Eksgauster
Eksgauster- havo haydagich.

Eksgauster- havo haydagich.
Erkanli panel (betonli va temir-betonli tashqi devor panellari) – havoli oraliqqa ega bo’lgan tashqi qatlam. Tashqi ekranlar devorning asosiy konstruksiyasiga ko’rsatiladigan iqlim ta’sirlarini kamaytirish, devorni suv ta’siridan himoyalash, uning ventilyatshilashuvi … Read More
Ekran – atmosfera yong’ingarchiliklari ta’siri, quyosh nurlarining issiqlik nurlanishi, shovqindan himoya qilishga mo’ljallangan shit ko’rinishidagi qurilma.
Ekotizim – ekologik tizim, uning elementlari sifatida, bir tomondan, jonzotlar, ularning guruhi. Yig’indilari (turlari, ko’payishi, tsenozlar), ikkinchi tomondan, muhit, ular yashaydigan omillar yig’indisi chiqadi.
Ekonomayzer (tejagich) – qozon agregati elementi, issiqlik almashtirgich bo’lib, unda ozuqa suvi qozonga berilishidan oldin qozondan chiqadigan gazlar bilan isitiladi.
Ekologik halokat – tabiiy yoki antropogen kuchlarning vayronaviy ta’siri natijasida vujudga keluvchi va katta iqtisodiy talofat keltiruvchi, tabiiy muhitning sharoitlarini bepoon hududda eng noqulay o’zgarishi.
Ekologik bo’lim (ekologik blok) – atrof-muhitni o’zgarish tahlili va bashorati natijalari yig’indisi, hududiy rejalashtirish loyihasida belgilangan hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi miqyoslariga binoan uni yaxshilash va muhofazalash bo’yicha tadbirlar ishlab … Read More
Ekologik muvozanat – tabiiy muhitning, qachonki uning asosiy tarkiblari-atmosfera havosi, suv manbalari, tuproq qatlami, o’simliklar va hayvonot dunyosi o’z-o’zini tartibga solishi va qayta ishlab chiqilishini ta’minlash mumkin bo’lgan dinamik holat.
Ekovata (tsellyulozali isitkich) – issiqlik izolyatsiyalovchi, yengil tolali xo’rpaygan material. Ekovata taxminan 80% gazeta qog’ozidan (makulatura) va 20% uchmaydigan antipirenlar (asosan bo’r kislotasi va bo’r)dan tashkil topgan.
Ekker – geodeziya asbobi. Masalan: prizmali juft ekker, qo’sh ko’zguli ekker, ko’zguli ekker, butsimon ekker, qaytargich ekker va hokazolar.