FRIGII TILI

FRIGII TILI Qadimgi kichik Osiyoning shimoliy g’arbiy qismida yashagan, miloddan avvalgi 2-ming yillik — 1-ming yillikning boshida shu yerga ko’chib o’tgan hindevropa qabilalari — frigiyaliklar tili; hind-yevropa tillari oilasi tarkibida … Read More

FRESKA

FRESKA (italyancha fresco — yangi) — rangtasvir asari yaratish usuli; asarlari yangi nam suvoqqa quriganda yupqa shaffof kaltsiy karbonat qatlami hosil qiluvchi suvli yoki ohak suvi qo’shilgan bo’yoqlarda ishlanadi. Bunda … Read More

FRIDRIX II

FRIDRIX II (1712.24.1, Berlin 1786.17.8, Potsdam) — Prussiya qiroli (1740 yildan). Gogensollernlar sulolasidan. Qirol Fridrix Vilgelmning o’g’li. Yirik sarkarda. Yoshligida frantsuz ma’rifatparvarlari ta’sirida bo’lgan. Ayni vaqtda pruss harbiybyurokratik militarizmining eng … Read More

FRIDRIX VILGELM IV

FRIDRIX VILGELM IV (1795-1861) — Prussiya qiroli (1840 y.dan); Gogensollernlar sulolasidan. Ruxiy kasalligi tufayli 1857 yildan davlat ishlaridan chetlashgan.

FRIDRIX VILGELM III

FRIDRIX VILGELM III (1770-1840) — Prussiya qiroli (1779 yildan); Gogensollernlar sulolasidan. 1807 yildagi Tilzit sulhiga ko’ra, Napoleon I ga Prussiya hududining yarmini bergan.

FRIDRIX VILGELM II

FRIDRIX VILGELM II (1744-97) — Prussiya qiroli (1786 yildan); Gogensollernlar sulolasidan. 1792 yil inqilobiy Frantsiyaga qarshi Avstriya bilan ittifoq tuzgan.

FRIDRIX VILGELM

FRIDRIX VILGELM (Friedrich Wilhelm) (162088) Brandenburg kurfyursti (1640 y.dan), Gogensollernlar sulolasidan bo’lgan «Buyuk kurfyurst». Uning davrida Brandenburg Prussiya gersogligini (ungacha — Polsha leni bo’lgan) va boshqa yerlarni uzil-kesil qo’shib olgan. … Read More

FRITTLAR

FRITTLAR (italyancha fritta, frigo — qovuraman, quritaman) — shisha yoki keramikaning mikroelementlar (bor, rux, marganes, molibden, mis, temir) bilan qotishmasi holidagi mikroo’g’it. Ta’sir etuvchi moddalar miqdori Frittlar tayyorlash texnologiyasiga bog’liq. … Read More

FRISTAYL

FRISTAYL (inglizcha free — erkin, style — usul) — tog’chang’i sporti turi. Fristaylning 3 ta turi bor: mogul, chang’i baleta, chang’i akrobatikasi. Mogul — pastbaland trassadan tog’chang’isida tez tushish; chang’i … Read More