FOYDALI XIZMAT MUDDATI
FOYDALI XIZMAT MUDDATI – korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo’ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori.
FOYDALI XIZMAT MUDDATI – korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo’ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori.
FOYDALI MODEL – bu moslamaga taalluqli texnik yechim. Ishlab chiqarish vositalarining konstruktiv bajarilishi va iste’mol qilish predmetlari hamda ularning tarkibiy qismi foydali modellarga kiradi.
FOYDALANISH (ISHLATISH) – mulk bo’lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo’llab, xo’jalik jarayoniga kiritib, undan natija olish.
FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI – sistema (qurilma, mashina)ning energiyani o’zgartirish yoki uzatish effektivligi xarakteristikasi. Foydali ishga sarflangan energiyaning sistema olgan umumiy energiya miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.
FOYDADAGI ULUSHLAR – institutsion birlik ta’sischilarining korxona sof foydasidagi ulushi. Odatda, bu ulush miqdori shartnomaga asosan xajratiladi.
FOYDA VA ARALASH DAROMAD – yalpi qo’shilgan qiymatning bir qismi bo’lib, u ishlab chiqaruvchilar ixtiyorida ish haqi, ishlab chiqarish va import solig’ini to’Iagandan so’ng qoladi. Bu modda mulkdan olgan daromadni … Read More
FOYDA SOLIG’I – xo’jalik yurituvchi subyektlarning foydasidan olinib, budjetning muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Bu to’g’ri (bevosita) soliqdir. Uning summasi soliq to’lovchi korxonaning yakuniy moliyaviy natijalariga bog’liq bo’ladi. Moliya yilida soliq … Read More
FOYDA NORMASI – ishlab chiqarilgan qiymat ko’rinishidagi foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo’lgan nisbatining foizda ifodalanishiga aytiladi.
FOYDA INDEKSI – pul mablag’lari joriy kirimining investitsiya hajmiga nisbati bo’yicha investitsiya loyihasining jalb qilinishini tavsiflovchi nisbiy ko’rsatkich.