GATT
GATT – 1. Savdo va tariflar bo’yicha bosh kelishuv – tashqi savdo operatsiyalarini o’tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo’lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo’yicha xalqaro akt. 2. … Read More
GASTARBAYTER – chet ellik ishchi.
GAROV SHAHODATNOMASI – savdo va tijorat operatsiyalarini amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin bо’ lgan mol-mulkning qarzdor tomonidan garovga qo’yilishi haqidagi kredit hujjatidir.
GARANTIYALIK MAJBURIYATI – ishonchli, kafolatli majburiyat; qarzdordan olinishi lozim bo’Igan summaning vaqtida to’lanishini ta’minlash uchun kreditorga berilgan kafolat.
GARANTIYA (KAFOLAT) – boshlangan ishning mauvaffaqiyatli yakun topishini ta’minlay oladigan omillar va shart-sharoitlar; omadsizlik ro’y beradigan ehtimol mavjud bo’lganda amalga oshiriladigan ishning muvaffaqiyatli yakun topishini kafolatlab, mas’uliyatning o’z zimmasiga olinishi. … Read More
GARANT – kafolat beruvchi, kafil shaxs; garant. Kafolat beruvchi sifatida davlat va uning tashkilotlari, banklar, korxonalar va firmalar bo’lishi mumkin.
GANTT GRAFIKI – bu loyihaning har bir ishining boshlanish va tugatilish vaqti, ushbu loyihaning barcha ishlari bajarilishining ketma-ketligi ko’rsatilgan grafikdir.
GAP – tovar bahosining keskin tushishi (bunda minimal baho joriy maksimal bahodan yuqori bo’ladi) yoki keskin ko’tarilib ketishi (bunda maksimum baho minimal joriy bahodan past bo’ladi).
GAAP – (Generally accepted accounting principles), GAAP – buxgalteriya hisobining AQShda umum qabul qilingan qoida va tamoyillari.