HINDAUR

HINDAUR, Hindur — Hindistonning Markaziy qismidagi shahar. Madhya-Pradesh shtatida. Aholisi 1,5 million kishi (2001). Transport yo’llari chorrahasi. Muhim savdo markazi. Ip gazlama sanoati rivojlangan. Kimyo, mashinasozlik va metallsozlik, oziq-ovqat (yog’-moy, … Read More

HINDISTON MILLIY FANLAR AKADEMIYASI

HINDISTON MILLIY FANLAR AKADEMIYASI — Hindistondagi jamoat ilmiy muassasasi. 1970 yil Hindiston Fanlar milliy instituti (1935 yil tuzilgan) negizida tashkil etilgan. Dehli shahrida joylashgan. Mamlakatdagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Akademiya … Read More

HISOR

HISOR (Arabcha — o’rab olmoq, chegaralamoq) — O’rta Osiyo xonliklarida qal’a devori, devor bilan o’ralgan shahar, tog’li hududlardagi mudofaa istehkomi, tepalik.

HOVLI

HOVLI — me’morlikda atrofi devor bilan o’ralg’an uy-joyli sahn, maydon; oila yashaydigan uy, shu uyga qarashli sahn va maydon ham Hovli deb ataladi. Turar joyninpartbmy qismini tashkil etadi. Jumladan, musulmonlar … Read More

HOVLI TO’YI

HOVLI TO’YI — xonadonning yangi turar joyga ko’chib o’tishini nishonlash marosimi. Qadimiy an’analardan hisoblangan. Hovli to’yi oilaning uyli-joyli bo’lishi, yangi qo’ni-qo’shnilar bilan yaqindan tanishish sharafiga tashkil qilinadi. Hovli to’yiga qarindoshlar, … Read More

HOVONCHA

HOVONCHA — ro’zg’or buyumi. Asosan, quruq oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor va hokazolarni maydalash, tolqon qilish uchun ishlatiladi. Ko’pincha cho’yan, alyuminiy va jezdan yasalgan.

HOVUZ BALIQCHILIK XO’JALIGI

HOVUZ BALIQCHILIK XO’JALIGI — baliqlarni hovuzlarda (sun’iy havzalarda) urchitish, boqish, tabiiy suv havzalari uchun baliq chavoqlari hamda xalq iste’moli uchun tovar baliq etkazib berish bilan shug’ullanadigan xo’jalik.

HOJI

HOJI — haj marosimlarini to’la- to’kis bajargan shaxsning unvoni. Hajga borgan kishilar nomiga Hoji so’zini qo’shib aytish odat bo’lgan (masalan, Ahmad hoji, hoji buva, hoji ota, hoji ona hokazolar). Ayrim … Read More

HOJIQURBONOV TURDALI

HOJIQURBONOV TURDALI (1940.10.6, Oltiariq tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1998). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1965). 1965 yildan Oltiariq tumanidagi 16-maktabda o’quv bo’limi mudiri, biologiya o’qituvchisi, 32-maktabda o’quv bo’limi mudiri, … Read More