ISHLAB CHIQARISH NARXI
ISHLAB CHIQARISH NARXI – tovar (xizmat) ni ishlab chiqarish bilan bevosita va bilvosita bog’liq bo’lgan xarajatlar qiymati.

ISHLAB CHIQARISH NARXI – tovar (xizmat) ni ishlab chiqarish bilan bevosita va bilvosita bog’liq bo’lgan xarajatlar qiymati.
ISHLAB CHIQARISH NATIJASIDA MAHSULOT YARATISH – jarayon ishlab chiqaruvchi birlik buxgalteriya hisobotida aniq bir ко ‘rsatkich orqali ifo dalanmaydi. MHTda bu j arayonni aniq bir ko’rsakich orqali ifoda etish mumkin. … Read More
ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI – hayotiy ne’matlaming ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o’rtasida paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlardir.
ISHLAB CHIQARISH KO’LAMI (MASSHTABl)NING IJOBIY SAMARASI – firmada qo’llanilayotgan resurs va xarajatlarga nisbatan uning ishlab chiqarish hajmi tez o’sishigaxos bo’lgan holat.
ISHLAB CHIQARISH KOOPERATSIYASI – ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ixtisoslashgan korxonalar o’rtasida mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni bajarish bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish shakli. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi bir xil korxonalarda ortiqcha quwatlar bo’lib, … Read More
ISHLAB CHIQARISH KOOPERATIVI – fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda a’zolar (ishtirokchilar)ning mulk bilan qo’shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo’jalik faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi … Read More
ISHLAB CHIQARISH KONSEPSIYASI – ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi va hisobga olish tartib-qoidalaridan iborat. Ishlab chiqarish va iqtisodiy ishlab chiqarish bir xil mazmunda qo’llaniladi.
ISHLAB CHIQARISH KONSENTRATSIYASI – qishloq xo’jaligida ixtisoslashtirish tobora chuqurlashib, har bir korxonada ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchlari va buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining mujassamlanib borishi jarayoni.
ISHLAB CHIQARISH KO’LAMI (MASSHTABI)NING SALBIY SAMARASI – firma ishlab chiqarish hajmining xarajatlarga nisbatan orqada qolishiga xos bo’Igan holat.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI – jamiyat ixtiyoridagi barcha resurslardan foydalanib, jamiyat a’zolari uchun zarur bo’Igan tovar va xizmatlami yaratish.