INVESTITSIYALASH
INVESTITSIYALASH – maxsus tanlangan moliyaviy qurollarga pul qiymatini ko’paytirish yoki ijobiy daromad olish maqsadida joylashtirish jarayoni.

INVESTITSIYALASH – maxsus tanlangan moliyaviy qurollarga pul qiymatini ko’paytirish yoki ijobiy daromad olish maqsadida joylashtirish jarayoni.
INVESTITSIYALARNI KAFOLATLASH BO’YICHA KO’P TOMONLAMA AGENTLIK – 1998-yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investorlarga ko’maklashish uchun tuzilgan, bundan maqsad investorlarni notijoriy xatarlardan himoya qilishdir.
INVESTITSIYALARGA BO’LGAN MOYILLIK – investitsiya xarajatlarining daromaddagi hissasi.
INVESTITSIYA TALABI – korxonalar tomonidan investitsiyaga bo’lgan talab yagona emas, ammo zayom mablag’lariga bo’lgan talab pirovard talabning asosiy omili hisoblanadi.
INVESTITSIYACHI – investitsiyani amalga oshiruvchi mablag’ egasi.
INVESTITSIYA SUBYEKTLARI – investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo’lgan jismoniy, huquqiy shaxslar va davlat.
INVESTITSIYA DASTURI – respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublikaning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy … Read More
INVESTITSIYA BANKLARI – iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida xalq xo’jaligining turli sohalarini moliyalash uchun uzoq muddatli qarz berishga asoslangan banklar.
INVESTITSIYA AKTIVLARI – qimmatli qog’ozlar, pul mablag’lari va qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlari deb e’tirof etiladigan boshqa mol-mulk.
INVESTITSION SOLIQ KREDITI – soliq majburiyati bo’yicha to’lash muddatini o’zgartirish imkoniyati beriladi. Agarda soliq to’lovchida belgilangan tartibdagi asos bo’lsa, u holda soliq to’lovlarini kamaytirilgan holda ma’lum bir vaqt ichida bosqichma-bosqich … Read More