Izora
Izora – devorning tokcha bilan bino sahni orasidagi pastki qismi; shu qismga ishlanadigan bezak.
Izora – devorning tokcha bilan bino sahni orasidagi pastki qismi; shu qismga ishlanadigan bezak.
Izolyator – 1) biror narsani atrof-muhitning qolgan qismidan alohidalash, ajratish yoki chegaralash vositasi; 2) turli potensiallar ostida elektr qurilmalari qismlarini elektr izolyatsiyasi va mexanik mahkamlash uchun ishlatiladigan mahsulot.
Izogipsa – alohida holat, dengiz sathi yoki boshqa tanlangan sathdan bir xil balandlikdagi nuqtalardan iborat xaritadagi chiziq. Masalan: sizot suvlarning izogipsasi.
Izlash – 1) izlovchining harakati, kimnidir yoki nimanidir izlash; 2) biror narsani kashf qilish uchun qidiruv ishlari.
Iz (yo’lga oid) – 1) yo’lda g’ildiriklardan qolgan chuqurcha; 2) avtomobil g’ildiraklarining chetlari orasidagi ko’ndalang masofa. Masalan: naqliyot izi, tor iz, keng iz va hokazolar.
Iz (nusxaga doir) – 1) biror narsada bosim natijasida qoldirilgan tasvir; 2) biror narsanig ajralib turuvchi belgisi, izi.
Iz – biror narsaning qoldig’i yoki belgisi. Masalan: cho’tka izi, egov izi va hokazolar.
Ijro chizmalari – ob’yektni foydalanishga qabul qilib olishda ish olib borishga mas’ul shaxsning amalda bajariladigan ishlar chizmalarga monand ekanligi, shu jumladan, ularga kiritilgan o’zgarishlarni yozuvlar bilan taqdim etiladigan chizmalar.
Ijtimoiy infratuzilma – ijtimoiy hayot faoliyati uchun sharoit yaratuvchi xalq xo’jaligi tarmoqlari yig’indisi.