KESRONIYLAR

KESRONIYLAR — Ozarbayjondagi Shirvon davlati (1027-1382) hukmdorlari sulolasi; Shirvonshoh unvoni bilan taxtni boshqarishgan. Shirvon Ozarbayjon mustaqilligi uchun kurash markaziga aylangan. Manuchehr II (1120— 49) va Axsitan davri (1149-1203)da saltanat kuchaygan. … Read More

KESMA KOSHIN

KESMA KOSHIN, koshin burish — yig’ma bezak naqsh; kesib, egovlab tayyorlangan rang-barang koshin parchalarini terib turlicha mujassamotli naqshlar hosil qilinadi.

KERCH BO’G’OZI

KERCH BO’G’OZI Kerch va Taman yarim orollari o’rtasidagi bo’g’oz. Qora va Azov dengizlarini tutashtiradi. Uzunligi qariyb 41 kilometr, eni 4 dan 15 kilometrgacha. Qishda suzib yuruvchi muz ko’p bo’ladi. G’arbiy … Read More

KERXE

KERXE (Gamasioba, o’rta oqimida Saymarra) — Eron va Iroqdagi (quyi qismi) Daryo. Uzunligi 870 kilometr, havzasining maydoni 50 ming kilometr kvadrat. Zagros tog’laridan boshlanib, Xuziston tekisligidan oqadi. Bahor va yozgi … Read More

KERULEN

KERULEN — Mongoliya va Xitoydagi daryo. Uzunligi 1264 kilometr (shundan 1090 kilometr Mongoliya hududida), havzasining maydoni 116,4 ming kilometr kvadrat. Xentey tog’ligidan boshlanadi. O’zanida Orol ko’p. Dalaynor ko’liga quyiladi. Yozda … Read More

KERMADEK NOVI

KERMADEK NOVI – tinch okeandagi chukur suv osti novi. Yangi Zelandiya orolidan shimoli-Sharqda. Shimoldan Jan.ga tomon Kermadek orollarining Sharqiy chekkasi bo’ylab 1270 kilometr masofaga cho’zilgan. Kengligi o’rtacha 88 kilometr. Chuqurligi … Read More

KERKPATRIK

KERKPATRIK — Antarktidadagi tog’. Transantarktida tog’larining eng baland cho’qqisi. Balandligi 4530 metr. Kuin-Aleksandr tizmasida, Birdmor muzligidan g’arbroqda joylashgan. Britaniya Antarktida ekspedisiyasi tomonidan 1908 yilda kashf qilingan va nomlangan.

KERKIRA

KERKIRA, Korfu — ioni dengizidagi Orol. Ioni orollari to’dasida, Gretsiya tarkibida. Maydoni 592 kilometr kvadrat. Kerkiraning shimoliy tog’lik, eng baland yeri 906 metr, Janub esa sertepa tekislik, asosan, ohaktosh va … Read More

KERINCHI

KERINCHI — Barisan tizmasidagi harakatdagi vulkan, Indoneziyaning Sumatra orolida. Balandligi 3805 metr (orolning eng baland cho’qqisi). Andezit lavalaridan iborat. Kraterida chuqurligi 400 metrli ko’l bor. Indrapura qo’riqxonasi tarkibida.

KERGELEN

KERGELEN — Hind okeanining Janubidagi suv osti tizmasi. Avstraliya — Antarktika soyligini Afrika — Antarktika soyligidan ajratib turadi. Uzunligi 2600 kilometr. Kengligi 950 kilometrgacha. Suv ostidagi eng baland joyining dengiz … Read More