KESRONIYLAR

KESRONIYLAR — Ozarbayjondagi Shirvon davlati (1027-1382) hukmdorlari sulolasi; Shirvonshoh unvoni bilan taxtni boshqarishgan. Shirvon Ozarbayjon mustaqilligi uchun kurash markaziga aylangan. Manuchehr II (1120— 49) va Axsitan davri (1149-1203)da saltanat kuchaygan. … Batafsil

Batafsil o‘qish

KERULEN

KERULEN — Mongoliya va Xitoydagi daryo. Uzunligi 1264 kilometr (shundan 1090 kilometr Mongoliya hududida), havzasining maydoni 116,4 ming kilometr kvadrat. Xentey tog’ligidan boshlanadi. O’zanida Orol ko’p. Dalaynor ko’liga quyiladi. Yozda … Batafsil

Batafsil o‘qish

KERKPATRIK

KERKPATRIK — Antarktidadagi tog’. Transantarktida tog’larining eng baland cho’qqisi. Balandligi 4530 metr. Kuin-Aleksandr tizmasida, Birdmor muzligidan g’arbroqda joylashgan. Britaniya Antarktida ekspedisiyasi tomonidan 1908 yilda kashf qilingan va nomlangan.

Batafsil o‘qish

KERINCHI

KERINCHI — Barisan tizmasidagi harakatdagi vulkan, Indoneziyaning Sumatra orolida. Balandligi 3805 metr (orolning eng baland cho’qqisi). Andezit lavalaridan iborat. Kraterida chuqurligi 400 metrli ko’l bor. Indrapura qo’riqxonasi tarkibida.

Batafsil o‘qish