KOBUSTON

KOBUSTON (Gobuston) – katta Kavkaz tog’etagida, Apsheron yarim ooli (Ozarbayjon)ning g’arbidagi pastak tog’li tuman. Atrofdagi qoyatoshlarga turli davrga (mezolitdan o’rta asrgacha) oid tasvirlar (odamlar, hayvonlar, qayiqlar va boshqalar) tushirilgan.

KOALITSIYA

KOALITSIYA (lotincha coalitio — ittifoq) — 1) xalqaro munosabatlarning ayrim masalalarida birgalikda ish ko’rish haqida o’zaro ahalashgan davlatlarning siyosiy yoki harbiy Ittifoqi (mas, davlatlarning 2-jahon urushidagi gitlerchilarga qarshi Koalitsiyasi); 2) … Read More

KNIDOSPORIDIYALAR

KNIDOSPORIDIYALAR (Cnidos poridia) — parazit bir hujayrali hayvonlar guruhi; ilgari alohida tip yoki sinfga ajratilgan. Bir hujayralilarning hozirgi sistemasiga binoan miksosporidiyalar tipining Sinonimi hisoblanadi.

KLYUCHI SOPKASI

KLYUCHI SOPKASI (ruscha – Buloqli tog’) — Kamchatkaning Sharqiy qismidagi harakatdagi vulkan. Yevrosiyoda nisbatan baland (4750 metr) va eng faol vulkan. Doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Andezit va bazalt … Read More

KLOD (CLAUDE) ALBERT

KLOD (CLAUDE) ALBERT (1899.23.8, Longler, Belgiya — 1983) — Belgiyalik biokimyogar. 1923-49 yillarda AQShda ishlagan. Birinchilardan bo’lib subhujayraviy strukturalarni tadqiq etishda differentsial tsentrifugalash usulini qo’llagan. Oksidlanish jarayonlari (hujayraning nafas olishi) … Read More

KLIO

KLIO — yunon mifologiyasidagi 9 mo’zadan biri, tarix fanining ma’buda homiysi. Qo’lida toshqalam va papyrus o’rami yoxud o’ramlar uchun mo’ljallangan quticha ushlagan holda tasvirlangan. Klio. Rim marmar haykali (miloddan avvalgi … Read More

KLINIK O’LIM

KLINIK O’LIM – hayot funktsiyalarini tiklash imkoni qolmaguncha, ya’ni biologik o’limgacha bo’lgan davr; bunda hayotning tashqi belgilari (yurak urishi, nafas) 3-5 minut yo’qoladi, markaziy nerv sistemasi funktsiyalari so’nadi, lekin moddalar … Read More

KLEYSTOGAMIYA

KLEYSTOGAMIYA (Yunoncha kleistos – yopiq va gamos — qo’shilish) — yer beti, hatto tuproq ostida paydo bo’ladigan mayda, ko’rimsiz kleystog’am gullarning ochilmay turib, o’zidan changlanishi. Kleystogamiya binafsha, yer yong’oq kabi … Read More