KATABOLIZM

KATABOLIZM (Yunoncha katabole — olib tashlash, buzish) — tirik organizmlarda murakkab organik birikmalarning parchalanishidan iborat moddalar almashinuvi reaktsiyalarining majmui, anabolizmta qarama-qarshi jarayon. Katabolizmda odatda, energiya ajraladi.

Batafsil o‘qish

KATALOG

KATALOG (Yunoncha katalogos — ro’yxat) — 1) muayyan narsalar (masalan, kitob, eksponat, tovarlar)ning ma’lum tartibda tuzilgan ro’yxati; ularni topishni osonlashtiradi. Ko’rgazmalar, ilmiy-texnika yoki madaniy-ma’rifiy ishlar uchun mo’ljallangan ma’lumotnoma nashrlarda mavjud … Batafsil

Batafsil o‘qish

KATALPA

KATALPA (Catalpa) — bignoniyadoshlar oilasiga mansub manzarali o’simliklar turkumi. Bargi oddiy, uzun, yirik. Guli oq, qo’ng’iroqsimon, to’pguli shingil yoki ro’vaksimon. Mevasi uzun (20-40 santimetr), ko’p urug’li. 2 pallali, dukkaksimon. Urug’i … Batafsil

Batafsil o‘qish

KATARSIS

KATARSIS (Yunoncha katharsis — tozalanish) — 1) qissiy yengil tortish; ruhning hissiy va jismoniy nopokliklardan tozalanishi. Aristotel «Poetika» asarida bu terminni ishlatib, fojianing maqsadi sifatida «azoblanish va achinish» yordamida ruhning … Batafsil

Batafsil o‘qish

KATENOID

KATENOID (lotincha catena — zanjir va Yunoncha eidos — ko’rinish) — zanjir chiziqning o’z o’qi atrofida aylanishidan hosil bo’ladigan sirt. Katenoid aylanish sirtlari ichida yagona minimal sirt. Tekisliklari markazlarini tutashtiruvchi … Batafsil

Batafsil o‘qish

KATET

KATET (Yunoncha kathetos — perpendi- kulyar)— to’g’ri burchakli uchburchaknnng to’g’ri burchagini tashkil qilgan tomonlari. To’g’ri burchakli uchburchakda Katetlar o’zaro perpendikulyar, gipotenuza esa og’ma bo’lganidan Katetlar har doim gipotenuzadan kichik bo’ladi.

Batafsil o‘qish

KATIN

KATIN (Katin o’rmoni) — Smolenskdan 14 kilometr g’arbda, Gnyozdovo temir yo’l stantsiyasi atrofida joylashgan mavze. 1930-yillarda ommaviy qatag’on qurbonlari — sovet fuqarolari ko’milgan joy. 1940 yil bahorida NKVD organlari 1939 … Batafsil

Batafsil o‘qish