Koks gazi
Koks gazi – toshko`mir kokslanayotganda olinadigan gaz; bu jarayonda gaz bilan bir qatorda suyuq mahsulot (smola) va qattiq qoldiq (koks) hosil bo`ladi. Koks gazi qimmatli yoqilg`i va kimyo sanoatida keng … Read More
Konglomerat– qum, shag`al va boshqa tosh bo`laklarining bir-biriga yopishishidan hosil bo`lgan tog` jinsi.
Kichik metallurgiya – yirik mashinasozlik zavodlaridagi metallurgiya sexlari.
Kimberlit – tarkibida olmos bo`lgan otqindi tog` jinsi. Kimberlit yumaloq yoki oval shaklidagi quvursimon jismlar hosil qiladi: gaz portlashi natijasida yer po`stida hosil bo`lgan bo`shliqlarga kimberlit to`lib qolgan.
Kechuv, kechik – daryo, soy, ko`llardagi piyoda, otda, mashina va boshqalarda o`tish mumkin bo`lgan sayoz joy.
Keng bargli o`rmonlar – qishda barg tashlaydigan shapaloq yaproqli daraxtlar – buk, dub, zarang, jo`ka, grab va boshqalardan iborat o`rmonlar. Keng bargli o`rmonlar deyarli butunlay Shimoliy yarim sharning mo`tadil iqlim … Read More
Kvarsit – tarkibi asosan kvarsdan iborat zich, qattiq tog` jinsi. Kvarsli qumtoshlarning qayta kristallanishidan hosil bo`ladi. Kvarsitdan o`tga chidamli g`isht (dinas), kislotabardosh qurilish materiallari tayyorlanadi.
Kemirchak -silliqlanmagan mayda toshlar, shag`al. Yo`llarga solish uchun toshlarni tegirmonda maydalab ham kemirchak tayyorlanadi.
Kenglik zonalari – tabiat zonalarini ekvatordan qutblarga tomon Quyoshdan keladigan issiqlikning kamayishi va namlikning taqsimlanishiga qarab, qonuniy ravishda almashinib borishi.