Ko’p qavatli
Ko’p qavatli – bir necha (ikki va undan ortiq) qavatlardan iborat.
Ko’p qavatli – bir necha (ikki va undan ortiq) qavatlardan iborat.
Ko’p burchakli – ko’p burchakli geometrik shakl.
Ko’ndalang to’sin – ko’prik o’qiga perpendikulyar to’sinlar yoki fermlarga yotqizilgan yog’och ko’prik oraliq strukturasining yuk ko’taruvchi elementi. Masalan: yog’och ko’ndalang to’sini.
Ko’ndalangcha (g’ishtga oid) – terilgan g’ishtning qisqa vertikal qirrasi.
Ko’ndalang qator – konstruksiyaning sirtqi yuzasi bo’ylab qisqa yon qirrasi bilan (ko’ndalang) yotqizilgan g’ishtlar yoki toshlar qatori.
Ko’ndalang armaturalash – siqiluvchi elementlarni betonning ko’ndalang deformatsiyalarini chegaralash hisobiga shu elementlarning yuk ko’tarish xususiyatini oshiruvchi payvandlangan turlar (muayyan joydagi armaturalash) yoki halqalar bilan (spiral ko’rinishida) ko’ndalang armaturalash.
Ko’mak – yordam, hashar.
Ko’mirtosh qatroni – ko’mirtoshni quruq (havoni kiritmasdan) haydashning kondensatsiyalangan mahsuloti. Issiqlik bilan ishlov berish usuliga ko’ra ko’mir toshli qatronlar birlamchi yoki past haroratli turlarga bo’linadi, ular 0.80 dan 0.95 gacha … Read More
Ko’kalamzorlashtirish – plantatsiyalar yaratish va ulardan foydalanish bilan bog’liq ishlar majmui; kengroq ma’noda – atrof-muhitning ekologik holatini yaxshilash va ko’klam bilan boyitishga qaratilgan ishlar. Masalan: mavze ichini ko’kalamzorlashtirish, maydonni ko’kalamzorlashtirish … Read More
Ko’k bo’yoq kukuni – (nemischa: ultramarin, lotincha: ultra ko’proq, ortiq+marinus dengizli) 1) yorqin ko’k bo’yoq; 2) kaolin, soda, oltingugurt, ko’mir ba’zan glauber tuzi aralashmasidan olingan ko’k pigment.