Ketsal
Ketsal-koatl-atsteklarning uch asosiy xudolaridan biri, Mishkoatl va Chiamatning o’g’li, dunyo bunyodkori, inson va madaniyat yaratuvchisi, tonggi yulduz xudosi, kohinlar va fan homiysi.
Ketsal-koatl-atsteklarning uch asosiy xudolaridan biri, Mishkoatl va Chiamatning o’g’li, dunyo bunyodkori, inson va madaniyat yaratuvchisi, tonggi yulduz xudosi, kohinlar va fan homiysi.
Kesma (turkcha)-qoraxoniylar qo’shinida keng iste’molda bo’lgan ensiz uzun nayza.
Kepaki, kabakiy-chig’atoylardan Kepakxon ibn Duvaxon (1318-1327) chiqargan kumush tanga. Bir dinor Kepaki ikki mistol kumushga yoki olti dirhamga teng bo’lgan. Tarixiy manbalarning ma’lumotiga ko’ra, Kepaki dastlab Buxoro, Balx shaharlarida zarb … Read More
Kenotaf (yunoncha kenotaphion, kenos-bo’sh va taphos-qabr)-mayitsiz qabr. Qadimgi Misr, Yunoniston, Rim, O’rta Osiyo va boshqa hududlarda marhumni ko’mishning iloji bo’lmagan taqdirda barpo etilgan.
Kelya (yunoncha kellion, lotincha cella-hujra)-monax yashaydigan alohida hujra. Odatda, monastirdagi alohida xona bo’lgan. Ko’pincha unda kitob va monaxning shaxsiy buyumlari uchun mo’ljallangan javonlar joylashgan. Kelyaga begona kishilarning kirishi qat’iyan taqiqlangan.
Kelt (kechki lotincha celtis-iskana)-qadimgi chopuvchi qurol-ichi g’ovak bo’g’im-bo’g’im dastali bronza bolta. Ayniqsa, miloddan avvalgi 2-1-mingyilliklarda keng tarqalgan.