Kebxut
Kebxut-qadimgi misrliklarning muzdek toza suv ilohasi, Anubisning qizi.
Kebxut-qadimgi misrliklarning muzdek toza suv ilohasi, Anubisning qizi.
Kvirin-qadimgi rimliklar ilohi, sabiniylar tomonidan Kvirinal tog’ida sig’inilgan. Keyinchalik u Mars bilan qiyoslangan va tinchlksevar Mars sifatida e’tiqod qilingan.
Kvinariy (lotincha quinarius)-Qadimgi Rim davlatida kumush tanga. Miloddan avvalgi 268-217 yillarda 10 assga (4,37 gramm), miloddan avvalgi 217 yildan 16 assga (2,18 gramm) teng bo’lgan.
Kvestor (lotincha quaestores, quaero-izlayman, qidiraman, tergov olib boraman so’zidan)-Qadimgi Rimda mansabdor shaxslar-konsullarning moliyaviy va sudlov ishlarida yordamchilari. Shuningdek, armiyada qo’mondon o’rinbosari, qo’shin ta’minoti va moliyaviy masalalarda ko’mak bergan. Qo’mondon og’ir … Read More
Kvatrichento (italyancha quattrocento-ayni ma’nosi to’rt yuz)-XV asrning italyancha nomlanishi. Kvatrichento davri ilk uyg’onish davri madaniyatining gullab-yashnashi bilan izohlanadi.
Kvartirmeyster (nemischa Quartiermeister)-XIV-XX asrlarda bir qator armiyalarda (Prussiya, Germaniya, Rossiya va boshqalar) shtab generali, asosan, operativ (urush olib borih) masalalar bilan shug’ullangan.. Ilk bor landsknextlar qo’shinida paydo bo’lgan (polk va … Read More
Kvartariy (lotincha quartarius)-Qadimgi Rimda hajm o’lchov birligi, suyuqliklarni o’lchashda ishlatilgan. 12 tsiata (0,1368 litr)ga teng bo’lgan.
Kvarteronlar (ispancha cuarteron, cuarto-chorak)-Amerikada mulatlar va yevropoid irqiga mansub kishilardan tug’ilganlar. Mashhur Kvarteronlar: Aleksand Dyuma, Salli Xemings, Joakim Noa va hokazolar.
Kvadriga (lotincha quadriga)-antik davrda (yunonlar, rimliklarda) ikki g’ildirakli arava, bir qator qilib terilgan to’rt otga ulangan. Qadimgi Rimda poygalarda va triumf vaqtida qo’llanilgan.