Kvadrivium
Kvadrivium (lotincha quadrivium-ayni ma’nosi to’rt yo’ning kesishishi)-o’rta asrlarda “yetti erkin san’at”ning 2-yuqori bosqichi, triviumdan keyingi bosqich bo’lgan va arifmetika, geometriya, astronomiya hamda musiqani qamrab olgan.
Kvadrivium (lotincha quadrivium-ayni ma’nosi to’rt yo’ning kesishishi)-o’rta asrlarda “yetti erkin san’at”ning 2-yuqori bosqichi, triviumdan keyingi bosqich bo’lgan va arifmetika, geometriya, astronomiya hamda musiqani qamrab olgan.
Kvadrans (lotincha quadrans)-Qadimgi Rimda muomalada bo’lgan mis tanga, ¼ assga (81,86 gramm) teng bo’lgan. Aversida Gerakl surati, reversida kema tumshug’i tasviri tushirilgan.
Kashovarz, Kishovarz (forscha-ekinzor, dehqon)-ilk o’rta asrlarda Xuroson va Movarounnahrdagi qishloqlarda dehqonchilik bilan shug’ullangan shaxs.
Kaft (arabcha)-bir kaftga sig’arli un, don kabi sochuluvchi narsalar o’lchovi.
Kashkul (forscha)-qalandar-darvishlarning sadaqa puli soladigan idishi, ko’pincha kokos yong’og’ining palla po’chog’idan qilinadi.
Kafsan, panji sira (forscha)-Buxoro amirligida xirojdan tashqari amlokdorlar foydasiga har bir botmon (8-12 pud) bug’dordan 1 pud miqdorida olinadigan soliq.
Kafsan darg’a (forscha, turkcha)-Buxoro amirligida har bir amlokdorlikdan hosilni xatga oluvchi va muhr bosuvchi mansabdor-darg’a uchun (miqdori o’zaro kelishuvga ko’ra) yig’iladigan soliq.
Kaudilo (ispancha caudillo-o’qituvchi, Muallim)-1) Ispaniyada davlat boshlig’i Frankoning unvoni. Kaudiloga amalda cheklanmagan oliy davlat, siyosiy va harbiy rahbarlik topshirilgan; 2) Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida shaxsiy diktaturasini o’rnatgan davlat rahbari nomi.
Katta chorak (forscha choraki kalon)-10 qadoqqa, ya’ni 4,095 kilogrammga teng og’irlik o’lchovi.
Katta panjser (forscha panjseri kalon)-32,76 kilogrammga yoki 80 qadoqqa teng og’ilik o’lchovi.