Kalisa
Kalisa-isaviy, nasroniy ibodatxonasi.
Kalisa-isaviy, nasroniy ibodatxonasi.
Kay-podsho, ulug’ shoh. Qadimiy Eron shohlarining laqablari.
Kajog’and-ichiga paxta o’rniga arzon xom ipak solib qovulgan urush kiyimi.
Kadxudo-so’nggi o’rta asrlar davrida Xiva xonligida mavjud bo’lgan urug’ boshliqlari lavozimi. Ma’nosi oqsoqollar, boshliqlar, rahbarlar demakdir.
Kadivar-o’rta asrlar davrida qishloqlarda yer egasiga tobe bo’lgan shaxs.
Kavkaba-shohlar olib yuradigan, uchida siyqallangan qubba o’rnatilgan cho’p, hassa.
Kabr-qadimiy urush kiyimi, jibba, sovut.
Kabisa yili-shamsiy yilida to’liq 366 kundan iborat yil. To’rt yilda bir keladi, unda fevral oyiga bir kun qo’shiladi.