LITO…

LITO… (Yunoncha lithos — tosh) — qo’shma so’zlar tarkibiy qismi bo’lib, tosh, tog’ jinslariga oidlik ma’nosini bildiradi (masalan, litogenez, litografiya).

LITVA FANLAR AKADEMIYASI

LITVA FANLAR AKADEMIYASI – Litvaning oliy ilmiy muassasasi. 1941 yil Vilnyus shahrida tashkil etilgan. 1989 yilgacha Litva SSR Fanlar Akademiyasi deb nomlangan. Akademiyada 3 bo’lim (fizika-texnika va matematika, kimyo-texnologiya va … Read More

LIT

LIT (Yunoncha lytos — eriydigan, parchalanadigan) — qo’shma so’zlar tarkibiy qismi bo’lib, eriydigan, parchalanadigan mahsulot ma’nosi ifodasini beradi (masalan, elektrolit).

LIT

LIT — Litva pul birligi 1991 yilda muomalaga chiqarilgan. 1 Lit=100 tsent. Xalqaro ifodasi LTL. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari=3,24 Lit (2003, mart).

LIPOQSOY

LIPOQSOY, Lipoksais — skiflar bobokaloni Targ’itoyning to’ng’ich o’g’li. Gerodotning yozishicha, rivoyatlarga ko’ra, Lipoqsoydan skiflarning avxatlar qabilasi tarqalgan. Bu qabilalar podsho-skiflar qavmidan bo’lgan.

LINCHYOPING

LINCHYOPING – Shvetsiyaning Janubiy qismidagi shahar, Vettern va Venern ko’llarini mamlakatning Sharqiy sohillari bilan bog’lovchi Gyotakanal bo’yida. Estergyotland Lenining ma’muriy markazi. Aholisi 126,2 ming kishi (2000). Mashinasozlik, asosan, aviasozlik, radioelektronika, … Read More

LINOTIP

LINOTIP (lotincha Npea — chiziq va Yunoncha typos — nusxa) — matnning tutash satrlarini terib, quyish uchun mo’ljallangan harf terish mashinasi. Linotipning yarim avtomat, dasturli boshqariladigan Linotip – avtomat xillari … Read More

LINIMENTLAR

LINIMENTLAR (lotincha linio — surtaman) — suyuq maz. Sirtga surtish uchun qo’llanadigan dori shakli. Ular atalasimon yoki yelimshaksimon massa bo’lib, surtganda tana haroratida erib badanga singib ketadi. Salqin joyda saqlanadi. … Read More

LIMUZIN

LIMUZIN (Fransuzcha Limousine, Frantsiyadagi tarixiy viloyat Limuzen nomidan) — yengil avtomobilning berk kuzovi; old o’rindig’i salonning keying qismidan oynaband to’siq bilan ajratilgan bo’ladi. Limuzin turdagi Kuzov yuqori turdagi katta avtomobillarda … Read More