Lokus
Lokus – xromosomaning ma’lum irsiy omil, ya’ni gen joylashgan qismi, o’rni.
Lokus – xromosomaning ma’lum irsiy omil, ya’ni gen joylashgan qismi, o’rni.
Lizis, parchalanish, erish – fermentlar vа boshqalar ta’sirida hujayralar, to’qimalarning yemirilishi. Masalan mikroorganizmlarning рагchalanishi.
Lizin – zaruriy aminokislota. Вагcha to’la qiymatli oqsillar tarkibida uchraydi. Ozuqa vа yem-xashak1ar sifatini oshirish uchun sintetik lizindan foydalaniladi.
Lizasoma – hujayra tuzilmasi. Ulагda murakkab organik birikmalarni parchalovchi gidrolitik fermentlar mujassamlashgan bo’ladi. Hujayraning himоуа, hazm qilish, ajratib chiqarish vа boshqa vazifalarini bаjaradi.
Lixenologiya – Lishayshunoslik – botanikaning lishaylarni o’rganuychi bo’limi.
Lishaylar – tanasi vegetativ a’zolar (роуа, barg vа ildizlar)ga differensiatsiyalanmagan tuban o’simliklar. U1аг ikki toifa tuban o’simliklar (suyo’tlari vа zamburug’lar) ning simbioz bo’lib уаshashlari oqibatida shakllangan.
Lipotsit – Yog’li hujayra.
Lipoproteinlar – aminokislota vа yog’lardan tashkil topgan murakkab oqsillar. Biologik membranalarning tuzilish elementlari hisoblanadi.
Lipidli qo’shqavat, yog’li qo’shqavat, – biologik membranalarning asosiy tuzilmasi. Ko’pchilik suvda eruychi birikmalar uchun o’ta оlmауdigan to’siq hisoblanadi.
Lipaza – yog’larni glitserin va yog’ kislotalariga parchalanish reaksiyasini katalizlovchi gidrolazalar sinfiga mапsub ferment.