MEYDZI ISIN

MEYDZI ISIN (yaponcha — yangilanish, Meydzi restavratsiyasi — Yaponiyadagi inqilob (1867-68). Tokugava xonadoniga mansub syogunlar hokimiyatini ag’darib tashlagan va imperatorlar hokimiyatini tiklagan. Hokimiyat tepasiga ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar o’tkazish yo’lini tutgan … Read More

MYULLER PAUL

MYULLER PAUL (1899-1965) -Shveytsariyalik kimyogar. Asosiy ilmiy ishlari o’simliklarni kimyoviy vositalar bilan himoya qilishga oid. Nobel mukofoti laureati (1948).

MYULLER KARL ALEKSANDER

MYULLER KARL ALEKSANDER (1927) -shveytsariyalik fizik. Ilmiy ishlari fazaviy o’tishlarga oid. Yuqori temperaturali o’ta o’tkazuvchanlik hodisasini tajribada aniqlagan. Nobel mukofoti laureate (1987; Y. G. Bednors bilan hamkorlikda).

MYURAT (MURAT) IOAXIM

MYURAT (MURAT) IOAXIM (1767.25.3, Labastid — Fortyuner, hozirgi Labastid — Myura, Lo — 1815.13.10, Pisso, Kalabriya) — Napoleonning safdoshi va kuyovi (1800 yildan), Frantsiya marshali (1804), Neapol qiroli (1808 yildan). … Read More

MYAO

MYAO (MeO, o’zlarini Xmong deb atashadi) — Janubiy Xitoy, Shimoliy Vetnam, Laos, Myanma va Tailanddagi xalq. Umumiy soni 8,53 million kishi, jumladan, Xitoyda 7,65 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Myao-Yao til … Read More

MO’YDINOV AHMADJON RAZZOQOVICH

MO’YDINOV AHMADJON RAZZOQOVICH (1955.15.4, Uchqo’rg’on tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Namangan pedagogika institutini tugatgan (1977). 1977 yildan Uchqo’rg’on tumanidagi 38-gimnaziyada matematika o’qituvchisi. Pedagogik faoliyati davomida zamon talabiga mos … Read More

MO’LA

MO’LA — qadimgi va o’rta asr shahar, qal’a, ko’shk va qo’rg’onlarning devorlariga qurilgan tayanch inshoot. Mo’lalar, asosan, devorlarni mustahkamlash uchun bino qilinib, ulardan mudofaa maqsadida ham foydalanilgan.

MO’LDATOV

MO’LDATOV — ichki Tyanshandagi tog’tizmasi. Qirg’izistonda, So’nko’ldan Janubda. G’arbdan sharqqa cho’zilgan. Ko’ko’meren, So’nko’l va Norin daryolari oralig’ida. Uzunligi 150 kilometr. Eng baland joyi 4100 metr. Asosan, ohaktoshdan tuzilgan. Yon bag’irlarining … Read More

MO’MINOV ABDURAHMON ABDUQODIROVICH

MO’MINOV ABDURAHMON ABDUQODIROVICH (Toshkent) – Metoton Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1971). 1968-2001 yillarda Mirobod tumanidagi 328-maktabda jismoniy tarbiya o’qituvchisi.