Madaniy funksiya
Madaniy funksiya-bo’lajak mutaxassislarning milliy istiqlol g’oyalarini o’zlashtirganligini ifodalovchi ma’naviy yetuklik.
Batafsil o‘qish

Madaniy funksiya-bo’lajak mutaxassislarning milliy istiqlol g’oyalarini o’zlashtirganligini ifodalovchi ma’naviy yetuklik.
Batafsil o‘qishMadaniy meros-avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, axloqiy, ilmiy, mantiqiy, falsafiy, diniy va ruhiy qarashlar. Xalq madaniyati va ijodi kabi moddiy-ma’naviy boyliklar majmui.
Batafsil o‘qishMadaniy-ma’rifiy ishi-keng ommani madaniy va ma’rifiy tarbiyalash, ularning umumiy madaniy saviyasini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo’sh vaqtlarini ko’ngilli o’tkazishga ko’mak beruvchi tadbirlar tizimi.
Batafsil o‘qish“Magnit maktab”-ta’lim, sanoat korxonalari va oliy texnika ta’lim muassasalari hamkorligida belgilangan mutaxassisliklar bo’yicha tashkil etiladigan o’quv muassasasi.
Batafsil o‘qishMagistr-1) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori o’rtasidagi ilmiy daraja; 2) bakalavr darajasidan farqli ravishda ma’lum ixtisoslik bo’yicha yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat … Batafsil
Batafsil o‘qishMagistratura-1) ko’pgina rivojlangan davlatlarda oliy ta’limning yuqori bosqichi; 2) aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalvriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
Batafsil o‘qishMavzu-muhokama, ma’ruza, darslikdagi o’quv materiallari, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmuni.
Batafsil o‘qishMavlono (arabcha-bizning janob)-O’rta Osiyo, Afg’oniston va Pokistonda eng yuqori lavozimdagi amaldorlar, yozuvchi, olim va fozil kishilar, ustozlarni ulug’lab, ularning nomlariga qo’shib ishlatiladigan so’z.
Batafsil o‘qish