Markazlashgan
Markazlashgan – 1) yagona markazga jamlangan (boshqaruv haqida); 2) yagona markazga bo’ysunishga asoslangan; 3) biror markazdan kelib chiqadigan.
Markazlashgan – 1) yagona markazga jamlangan (boshqaruv haqida); 2) yagona markazga bo’ysunishga asoslangan; 3) biror markazdan kelib chiqadigan.
Markazlash – og’irlik markazining (mashina, mexanizm, struktura va boshqalar) geometrik o’qlarga nisbatan joylashuvi.
Markaziy – biror narsaning markazida, o’rtasida joylashgan.
Markazdan yo’naltirish – 1) markazdan periferiyaga o’tishda yo’naltirilgan; 2) markaz atrofidagi harakatga asoslangan; 3) markazdan atrofga harakatni yo’naltirish. Masalan; markazdan qochma kuch.
Mareograf – sizot suvlari sathi o’zgarishini o’lchaydigan asbob
Marblit – qalinligi 12 mm. bo’lgan listsimon qurilish materiali, marmarga o’xshash bo’lgan, polirovkalangan yuzali, orqa tomoni botiq yoki bo’rtma chiziqlar bilan qoplangan, xira rangli (shimuvchan) shisha.
Markazlashtirilgan gazli yong’in o’chirish o’rnatmasi – gazli ballonlar-yong’in o’chirish stansiyasining binolariga joylashtirilgan gazli yong’in o’chirish o’rnatmalari.
Masofa (deraza yoki eshik orasi ma’nosida) – bo’shliq, yaqin joylashgan ob’yektlar orasidagi bo’sh joy. Masalan: to’sinlar orasidagi masofa, ko’prik tagidagi masofa, oraliq masofa va hokazolar.
Masofa (ko’lam, uzunlik, masofa ma’nosida) – biror narsa egallagan masofa (uch o’lchamdan biriga ko’ra: uzunlik, kenglik, balandlik). Masalan: chiqindi tarmog’ining uzunligi, tarmoq uzunligi, chok uzunligi va hokazolar.