NORDKAP

NORDKAP — Norvegiyaning shimoliy- Sharqiy chekkasidagi burun, Mageryo orolida (71 ° 10′ sh.k. va 25°47′ shq.u.); qirg’oqlari tik qoyalardan iborat, balandligi 300 metrdan ziyod. Nordkap — Yevropaning eng mashhur chekka … Read More

NORVEGLAR

NORVEGLAR — xalq, Norvegiyaning asosiy aholisi (4,15 million kishi). Umumiy soni 5 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Norveg tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, lyuteranlar, katoliklar ham bor.

NORBOYEVA SAPARGUL

NORBOYEVA SAPARGUL (1946.20.1, Yangiariq tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalqo’qituvchisi (1995). Xorazm pedagogika institutini tugatgan (1967). 1967 yildan Yangiariq tumani Alisher Navoiy nomidagi maktabda, 1968 yildan Pitnak shahardagi 1-maktabda boshlang’ich sinf … Read More

NORAK

NORAK — Tojikistondagi daryo. Vaxshning o’ng irmog’i. Uzunligi 20 kilometr, suv to’plash maydoni 88,6 kilometr kvadrat, havzasining o’rtacha baladngligi 1500 metr. O’rtacha yillik suv sarfi 1 metr kub/sekund chamasida. Norak … Read More

NONPAREL

NONPAREL (Fransuzcha Nonparelille — beqiyos) — o’lchami (kegli) 6 punkt (2,25 millimetr) bo’lgan bosmaxona shrifti. Ixcham nashrlar (lug’atlar, mitti ma’lumotnomalar va boshqalar), gazetalar uchun mo’ljallangan. Masalan, «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» dagi … Read More

NOMOZOVA ZAMIRA XUSHVAQTOVNA

NOMOZOVA ZAMIRA XUSHVAQTOVNA (1958.31.5, Xatirchi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetini tugatgan (1980). 1980-2001 yillarda Xatirchi tumanidagi 24-maktabda kimyo o’qituvchisi. O’quvchilarga bilim berishda noan’anaviy … Read More

NOMOGRAMMA

NOMOGRAMMA (Yunoncha nomos — qonun va … gramma) — turli miqdorlar orasidagi funktsional bog’liqlikni ifodalaydigan chizma. Nomogrammaning tekislangan nuqtalardan tuzilgan, to’rli, transparant va ko’p shkalali va boshqa xillarga bo’ladi. Masalan, … Read More

… NOMIYA

… NOMIYA (Yunoncha nomos — qonun) — o’zlashma qo’shma so’zlarning ikkinchi qismi bo’lib, muayyan fanni, qarashlar (yoki qoidalar) tizimini anglatadi (Masalan, astronomiya, Agronomiya).

NOMINAL QIYMAT

NOMINAL QIYMAT, nominal (lotincha nominalis — nomi yozilgan) — pul belgilari, banknotlar va qimmatli qog’ozlarning ustiga yozib qo’yilgan qiymati, narxi. Qimmatli qog’ozlar kursi Nominal qiymatdan chetga chiqishi mumkin.