Og’ir polimerbeton
Og’ir polimerbeton – sintetik bog’lovchi va kimyoviy bardoshli yirik hamda mayda to’ldiruvchi asosidagi zich strukturali, hajmiy massasi bo’yicha og’ir (2200-2500 kg/m3) polimerbeton.
Og’ir polimerbeton – sintetik bog’lovchi va kimyoviy bardoshli yirik hamda mayda to’ldiruvchi asosidagi zich strukturali, hajmiy massasi bo’yicha og’ir (2200-2500 kg/m3) polimerbeton.
Olib kelish (olib borish) – biror narsani (kishini) ma’lum bir joyda bo’lishiga yordam berish.
Osma yo’l (bir yo’l tepasidan ko’prik qilib o’tkazilgan ikkinchi yo’l) – yo’lning boshqa yo’l ustidan o’tadigan ko’prik inshootlari turlaridan biri. Yo’l o’tkazgichlar transport almashinuvining ajralmas qismidir. Masalan: ravoqli osma yo’l, … Read More
Oshiyona (qavat) – uy qavati, binoning yuqori qavati, yuqori qavatdagi xona. Bobur Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasini “uch oshiyonaliq” deb ta’riflagan.
Ohaktosh-chig’anoqtosh – g’ovak tog’ jinsi, chig’anoqlar va ularning parchalaridan iborat g’ovak tog’ jinslari ohaktoshli bog’lovchilar bilan tsementlashgan. Chanoqchalar katta g’ovakli, mustahkamligi past va issiqlik o’tkazuvchanligi kichik, yengil arralanadigan bo’ladi. Ohaktosh … Read More
Oshiq-moshiq – (nemischa: Scharnier, fransuzcha: charniere-eshik oshiq-moshig’i) aylanma kinematik juftlik, ya’ni ikki qismning harakatlanuvchi ulanishini, aylanish harakati bilan ta’minlaydi. Masalan: zulfinli oshiq-moshiq, qulf oshiq-moshig’i, zoldirli oshiq-moshiq va hokazolar.
Oshiq-moshiqlar (deraza va eshiklar uchun) – eshik va derazalarni ularning kesakilari bilan birlashtirish uchun xizmat qiluvchi hamda eshik, deraza, framuga va deraza darchalarining ochilishi va yopilishini ta’minlovchi moslama.
Og’ir beton – yirik-mayda to’ldiruvchilar va tsementli bog’lovchidan tashkil topgan zich beton.
Ogohlantirish to’sig’i – ishlab chiqarish imkoniy xavfi haqida ogohlantirish va cheklangan kirish mintaqasini belgilash uchun mo’ljallangan qurilma.