Osma galereya
Osma galereya – binolarning tashqi devorlaridan chiqib turuvchi konsollarga tayanib turuvchi galereya.
Osma galereya – binolarning tashqi devorlaridan chiqib turuvchi konsollarga tayanib turuvchi galereya.
Osma (tashlama ma’nosida) – biror narsa ustiga tashlangan, osib kiydirilgan.
Osilma – yuqori qismi tepaga mahkamlangan, og’irligi pastga osilib turuvchi.
Ortotroplik – fizik xarakteristikalarning ikki yoki undan ortiq o’zaro perpendikulyar yo’nalishlarda yo’naltirilgan simmetriya tekisliklariga ega bo’lgan material xossasi.
Ortotrop plitali to’sin – yuqori belbog’lar bo’ylama va ko’ndalang qovurg’alar bilan mustahkamlangan po’lat listli to’shamadan hosil qilingan to’sin, bo’ylama va ko’ndalang qovurg’alar to’sinning siquvchi kuchlanishlarga qarshi muayyan joydagi turg’unligini ta’minlaydi.
Ortiqcha sarf (isrofgarchilik) – oldindan rejalashtirilgan, normalar, balanslar, smetalar asosida rejalashtirilgan mablag’lar sarflanishini oshirib yuborish.
Ortiqcha issiqlik – xona uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori bilan solishtirganda ortiqcha issiqlik.
Ortib ketmoq (tashib ketmoq) – tashib ketish, biror joyga ko’chirmoq, biror narsadan tashqarida tashib ketmoq, biror joyga yetkazib berish.
Oromgohlik imkoniyati – inson tanasiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi va kishi ish qobiliyatining tiklanishini ta’minlovchi tabiiy va madaniy sharoitlar (turistik yurishlar, safarlar va hokazolar) yig’indisi.
Oromgoh – 1) dam olish joyi; 2) odam salomatligi va mehnat qobiliyatini uy va xonadan tashqarida, ko’pincha tabiat qo’ynida dam olish yo’li bilan tiklash joyi.