Piopnevmotoraks nima degani
Piopnevmotoraks nima degani – plevra bo’shlig’ida gaz va yiring to’planishi.
Piopnevmotoraks nima degani – plevra bo’shlig’ida gaz va yiring to’planishi.
Pinefroz nima degani – buyrakning yiringli yallig’lanishi, parenximaning shikastlanishi bilan kechadi. Buyrak to’qimasi erib ketadi.
Piogemotoraks nima degani – plevra bo’shlig’ida yiring va qon yig’ilishi. Odatda gemotoraks yiringlaganda kuzatiladi.
Pigemoperikard nima degani – yurak xaltasida yiring va qon to’planishi.
Pilorostenoz nima degani – me’da chiqish qismi teshigining toraib qolishi. Masalan, oshqozon yarasi chandiqlanib qolsa.
Pilorit nima degani – oshqozon pylorus qismining yallig’lanishi.
Podkorkoviye strukturi mozga, bosh miyaning po’stloq osti tuzilmalari nima degani – odam va hayvonlar bosh miyasining moddalar almashinuvi va xatti-harakat reaksiyalari shakllantirishda ishtirok etadigan tuzilmalari turkumi.
Podagra, niqriz nima degani – organizmda nuklein kislotalar, purin almashinuvining buzilishi bilan bog’liq kasallik; to’qimalariga siydik kislota tuzlari cho’kishi natijasida bir qator a’zolar va sistemalar (ko’proq tayanch-harakat sistemalari) funksiyasining davriy … Read More
Povyazka, bog’lov nima degani – jarohatga qo’yilgan bog’lov materialini mahkamlash uchun ishlatiladigan yumshoq yoki qattiq moslama. Bog’lovning mustahkamlaydigan, bosib turadigan, mahkam ushlab turadigan xillari bor.
Povrejdeniye, shikastlanish nima degani – bevosita fizikaviy yoki kimyoviy ta’sir tufayli to’qima (tana bo’lagi, a’zo) butunligi yoki funksional holatining mahalliy buzilishi.