Pappatachi lixoradka nima degani
Pappatachi lixoradka nima degani – tropik va subtropik mamlakatlarda uchraydigan o’tkir virusli kasallik. Odamga Phleboromus pappatasii chivinlari chaqqanda o’tadi.

Pappatachi lixoradka nima degani – tropik va subtropik mamlakatlarda uchraydigan o’tkir virusli kasallik. Odamga Phleboromus pappatasii chivinlari chaqqanda o’tadi.
Paralich, falaj (shol) nima degani – 1) ixtiyoriy harakatlar qilish qobiliyatining batamom yo’qolishi; 2) nerv sistemasi shikastlanishi tufayli a’zoning biror funksiyasi yo’qolishi yoki faoliyati to’xtashi, mushaklar innervasiyasi buzilishi sabab bo’ladi.
Paraproktit nima degani – to’g’ri ichakni va orqa teshikni o’rab turuvchi kletchatkaning o’tkir yoki nimo’tkir yiringli yallig’lanishi, abssess hosil bo’lishi bilan yoki kamdan-kam flegmona tipida o’tadi.
Paratif (i) nima degani – paratifoz bakteriyalar (salmonella) qo’zg’atadigan ichak infeksiyalar guruhiga kiradigan o’tkir infeksion kasallik ovqat orqali yuqadi. Belgilari qorin tifi belgilariga o’xshaydi.
Paratiflit nima degani – ko’richak tashqi pardasining yallig’lanishi; yiringli appenditsit, sil, sifilis, ko’richakning aktinomikozida kuzatiladi. Yon-atrofdagi kletchatkaga ham yiringli o’tadi.
Paratsentez nima degani – nog’ora pardani davolash maqsadida sun’iy ravishda teshish (o’tkir yiringli otit holatida yiringni chiqarib yuborish maqsadida).
Parez nima degani – yengil chala falaj, ixtiyoriy harakatlarning susayishi yoki qisman yo’qolishi. Ma’lum guruh mushaklar innervatsiyasining buzilishi.
Parodont nima degani – o’zaro chambarchas bog’langan to’qimalar kompleksi; tishni o’rab turadi. Milk, periodont, tish ildizi ustidagi sement, alveolyar suyak to’qima.
Parkinsonizm nima degani – markaziy nerv sistemasining surunkali avj oluvchi kasalligi, harakatlantiruvchi funksiyalar buzilishi bilan o’tadi. Gipokineziya, ayrim mushaklar qotib qolishi, titroq.
Paresteziya nima degani – tashqi ta’sirsiz yoki ayrim mexanik sabablar (nerv tolasi, qon tomirning ezilishi) ta’sirida terining uvishishi, xuddi chumoli yurgandek, igna sanchilgandek, kuygandek his qilish sezgisi.