Qodiriddin
Qodiriddin-dinning kuchi, qudrati yoki dinning sodiq muxlisi
Qodiriddin-dinning kuchi, qudrati yoki dinning sodiq muxlisi
Qodirberdi-Qodir, ya’ni Alloh bergan tuhfa
Qodirbek-beklar avlodiga mansub kuchli, qudratli bola
Qodirbergan-Qodir, ya’ni Alloh ato qilgan bola
Qodir-kuchli, qudratli, barcha narsaga layoqatli. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Asli: Abduqodir. Shakllari: Qodirbek, Qodurjon, Qodirxon
Qovus-qavs oyi (shamsiya yil hisobining 9-oyi 22 noyabr – 21 dekabrfa to’g’ri keladi)da tug’ilgan bola
Qovunboy-qovun pishig’ida yoki qovun, ya’ni poliz tepasiga ko’chib chiqqanda tug’ilgan bola
Qobil-iste’dodli, qobiliyatli; kuchli qudratli yoki yovvosh, tarbiya ko’rgan yoxud orzu va tilaklarimiz bajo bo’lib berilgan bola. Shakllari: Qobilboy, Qobiljon, Qobilbu, Qobilxon
Qirg’iy-qirg’iydek epchil, chaqqon, jasur bo’lsin
Qismat-toleimizga berilgan tuhfa, nasiba bo’lgan qiz