Qurish (tuzish, yaratish ma’nosida)
Qurish (tuzish, yaratish ma’nosida) – loyihalar va hisob-kitoblarni amalga oshirish orqali model, mashina, struktura, texnologiyani yaratish jarayoni.
Qurish (tuzish, yaratish ma’nosida) – loyihalar va hisob-kitoblarni amalga oshirish orqali model, mashina, struktura, texnologiyani yaratish jarayoni.
Qulf (tugun) – mexanik, elektron yoki kombinatsiyalashgan qulflash moslamasi. U eshiklarni, qopqoqlar, idishlar va boshqalarni qulflash, shuningdek, ularni o’g’irlik va/yoki kirishni cheklashning oldini olish uchun bloklashga ishlatiladi. Masalan: osma qulf, … Read More
Qo’sh yelkali – ikki yelkali, ikkita yelkasi bor.
Qo’rg’oshin – Pb kimyoviy belgisi bilan ko’rsatilgan, atom raqami 82 bo’lgan kimyoviy element, ko’k-kulrang rangdagi og’ir, yumshoq, yengil eriydigan metall.
Qo’sh – juft; birgalikda ishlatialdigan va bir butunni tashkil etuvchi ikkita bir xil ob’yekt.
Qo’chqorak – mahalliy me’morlikda ustun boshidagi ikki yonidagi qo’chqor shoxi kabi qayrilma shakl. Masalan: yuklama qo’chqorak.
Qo’rg’oshinli – qo’rg’oshindan iborat, qo’rg’oshindan yasalgan, ichida qo’rg’oshin mavjud.
Qo’shilish (ulash) – 1) biror narsaga bog’lanish, qo’shimcha qilish, biror narsaning bo’lagi bo’lish; 2) biriktirish, ulash (kabellar, simlar, shlanglar va boshqalar). Masalan: muhandis tarmoqlariga vaqtincha ulash, uyning qo’shilishi va hokazolar.
Qo’shilma (tashkil etuvchi, qism) – muayyan hodisa yoki jarayonga ta’sir etuvchi omil. Qurilishda qurilish jarayonlariga ta’sir etuvchi qo’shilma. Masalan: sekinlashtiruvchi qo’shilma, qurituvchi qo’shilma.
Qo’shbodom – juft holda tasvirlangan bodom shaklidagi naqsh.