RAJAB OYI
RAJAB OYI — musulmonlarning hijriy-qamariy yil hisobida 7-oyning Arabcha nomi. 30 kunga teng. Arabiston yarim orolida islomdan avvalgi — johiliya davrida urush harom qilgan 4 oydan biri (zulqa’da, Zulhijja, Muharram … Read More
RADIOLYUMINESSENTSIYA — yadro nurlanishlar (azarralar, elektronlar, protonlar, neytronlar, unurlar va boshqalar) yoki rentgen nurlar uyg’otgan lyuminessentsiya.
RADIOGRAMMA (radio va …gramma) — 1) radio orqali uzatilgan xabar; 2) radioavtograf, radiografiya yo’li bilan olingan surat. Fizika, yadro texnikasi va boshqalarda ionlovchi nurlarni qayd qilishda ishlatiladi.
RADIOVIDENIYE (radio… va ruscha videniye — ko’rish) — radioto’lqinlar yordamida ob’ektlarning tasvirini hosil qilish.
RADIO… (lotincha radio — nurlanaman, nur tarqataman) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi. Radioga aloqadorlikni (masalan, radiopeleng, radiostantsiya) yoki radioaktivlik hamda radiasiyaga tegishlilikni (masalan, radiobiologiya, radiokimyo) bildiradi.
RADIKAL (lotincha radix — ildiz) (matematikada) — ildiz chiqarish amalining belgisi. Radikal algebraning maxsus bo’limlarida boshqa ma’noda ham ishlatiladi.
RADIKAL (lotincha radix — ildiz) — tub, qatiy va keskin choralar, harakatlar, dasturlar tarafdori.
RAVENSBRYUK (Ravensbruck) — fashistlar Germaniyasidagi ayollar konslageri (1939-45), Fyurstenberg shahri yaqinida. 130 mingdan ziyod ayol va bir necha yuz bola mahbus bo’lgan; 93 ming kishi yo’q qilingan. 1945.30.4 da tirik … Read More