Status

Status (lotincha status — holat, vaziyat) — huquq sub’yektlarining huquq va majburiyatlari majmuini ifoda etuvchi, huquq normalari bilan belgilangan holat.

Statut

Statut (lotincha statuo — qaror qilaman) — 1) biron tashkilotning vakolati va tartibini belgilab beruvchi ustav, qoidalar majmui; 2) orden Statuti — ordenning tasviri, orden bilan mukofotlash va uni taqish … Read More

Stenogramma

Stenogramma (Yunoncha stenos — tor, siqiq, qisqa va … gramma) — og’zaki nutq turlari (bironbir ma’ruza, nutq va shu kabilar)ning stenografiya usulidagi so’zma-so’z yozuvidan iborat matn.

Stereo …

Stereo … (Yunoncha stereos — qattiq; keng, fazoviy) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; 1) qattiq, qat’iy ma’nosini (masalan, stereotip); 2) hajmdorlikni, fazoviy taqsimlanish mavjudligini (masalan, stereokimyo, Stereograf) bildiradi.

Steradian

Steradian (Stereo … va radian) — fazoviy burchak o’lchov birligi. Uchi shar markazida bo’lib, shar sirtidan shar radiusining kvadratiga teng yuza ajratgan burchak bir Steradian sifatida qabul qilingan, ster deb … Read More

Stefan-bolsman doimiysi

Stefan-bolsman doimiysi (a) — mutlaq qora jism energiyaviy yorituvchanligini ifodalovchi qonun tarkibiga kirgan asosiy fizik doimiy. A bilan belgilanadi. a q 5,67032 10~8vtg’ (m2K4).

Stilb

Stilb (lotincha stilbo — yarqirayman, porlayman) — SGS birliklar tizimida ravshanlik birligi; qisqacha SB bilan belgilanadi. 1sb=104kd/m2 = 3,1410″ Apostilb q 3,14 Lambert.

Stirling formulasi

Stirling formulasi – 1 dan p gacha butun sonlar ko’paytmasi 1 23… p=p! Bu formulani birinchi marta 1730 yil shotlandiyalik matematik J. Stirling (1690-1770) e’lon qilgan. Stirling formulasining nisbiy xatosi … Read More

Stoks formulasi

Stoks formulasi – matematik analizning asosiy formulalaridan biri. Yopiq kontur bo’yicha olingan egri chiziqli integralni shu kontur bilan chegaralangan sirt bo’yicha olingan integral orqali ifodalaydi. Stoks formulasini J. Stoke 1854 … Read More

Stol tepa

Stol tepa (lotincha Mensa) — osmonning Janubiy qutbi yaqinidagi kichik yulduz turkumi. Stol tepa Oltin Baliq, Janubiy Gidra, oktant, Xameleon va uchar baliq yulduz turkumlari orasida joylashgan; Ravshan yulduzlari yo’q. … Read More