SOY
SOY -1) tabiiy o’zanda doimiy va mavsumiy oqadigan kichik daryo, ariq, vodiy, irmoq; 2) oqar suvlar faoliyati natijasida yoki tektonik harakat oqibatida hosil bo’lgan kambar, uzun relef shakli. Soyda suv … Read More
SOZ TUPROQ — mexanik tarkibiga ko’ra eng og’ir tuproq turi.
SOVUQBULOQ – Toshkent viloyatining Janubidagi soy. Qurama tizmasi yon bag’ridan, 2200 metr balandliqdagi buloqlardan boshlanadi. Uzunligi 20 kilometr. Bahor va kuz oylarida suvi to’lib oqadi. Yoz oylarida qurib qoladi.
SOAT (lotincha Horologium) — osmon sferasining Janub yarim sharidagi yulduz turkumi. Eridan, Janubiy Gidra, Oltin Baliq va iskana yulduz turkumlari orasida joylashgan. Yer sharining Janubiy kengliklarida kuz va qishda kuzatiladi.
SLOVAKIYA FANLAR AKADEMIYASI —Slovakiya Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1953 yil Bratislava shahrida tashkil etilgan. Dastlab 14 ilmiy muassasasi bo’lgan. 50 dan ortiq akademik, 60 dan ziyod muxbir a’zosi, 50 ga … Read More
SLAYD (inglizcha slide) — shaffof asos (shisha plastinka yoki plyonka)ga tushirilgan oq-qora yoki rangli fotografik tasvir.
… SKOPIYA (Yunoncha skopeo — ko’raman, qarayman, kuzataman) — o’zlashma qo’shma so’zlarning ikkinchi qismi; kuzatish, vizual o’rganish kabi ma’nolarni ifodalaydi (masalan, spektroskopiya, endoskopiya).
SKLERO… (Yunoncha sklero — qattiq, berch) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; qotish, qattiqlashish, zichlashish kabi ma’nolarni bildiradi (masalan, sklerodermiya, sklerometr).
SKALYAR KO’PAYTMASI – nolga teng bo’lmagan a va b vektorlar uzunliklari bilan ular orasidagi burchak ko’paytmasiga teng miqdor. a va b vektorlarining Skalyar ko’paytmasisi ba, B yoki a b kabi … Read More