SILIKONLAR

SILIKONLAR (poliorganosiloksanlar) — kremniyorganik birikmalar. Silikonlar kauchuksimon elastik moddalar. Termik barqarorligi yuqori. Silikonlardan tayyorlangan kauchuklar va buyumlarni 250° gacha bo’lgan haroratda ishlatish mumkin. Silikonlar, asosan, izolyasion qoplama sifatida qo’llanadi.

SILIKAT BO’YOQLAR

SILIKAT BO’YOQLAR – binolarning shipi, ichki devorlari va sirtiga sayqal berish, shuningdek, konstruktsiyalarni yong’indan muhofaza qilish maqsadida qo’llanadigan bo’yoqlar. Silikat bo’yoqlar tarkibi kaliy silikat (20%), bo’r (40— 60%), pigmentlar va … Read More

SILAL

SILAL (lotincha silisium — kremniy va inglizcha allon — qotishma) — tarkibida Si (kremniy) ko’p (5-6%) bo’lgan issiqbardosh cho’yan. Ikki turi: plastinkasimon va sharsimon fafitli Silal bor. Silaldan yuqori (800-900°) … Read More

SIDNEY UNIVERSITETI

SIDNEY UNIVERSITETI – Avstraliyaning eng qadimgi va yirik universiteti. 1850 yil tashkil etilgan. Qishloq xo’jaligi, me’morlik, gumanitar fanlar, iqtisodiyot, huquqshunoslik, muhandislik ishi, tibbiyot, stomatologiya, veterinariya bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Rasadxonasi, kutubxonasi … Read More

SIDERATLAR

SIDERATLAR (Fransuzcha sideration) — tuproq unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa qo’shib haydab yuboriladigan ekma o’simliklar.

SIGIZMUND II AVGUST

SIGIZMUND II AVGUST (1520-72) Polsha qiroli (1547 yildan; 1530 yil toj kiydirilgan), Litvaning Yagellonlar sulolasidan bo’lgan ulug’ knyazi (1529 yildan). 1558-83 yillardagi Livon urushi qatnashchisi. Sigizmund II davrida 1569 yilgi … Read More