SIGIZMUND I

SIGIZMUND I (1368-1437) «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatori (1410 yildan), 1387-1437 yillarda Vengriya qiroli, shuningdek, 1419-21, 1436-37 yillarda Chexiyaning Lyuksemburglar sulolasidan bo’lgan qiroli; Rim papasi bilan guschilarga qarshi kurashga rahbarlik qilgan.

SIAMLAR

SIAMLAR (kxontay) — Tai guruhiga mansub xalq. Tailandning asosiy aholisi (29,5 million kishi). Umumiy soni 29,7 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Siam tilida so’zlashadi. Dindorlari — buddaviylar. Siamlar sholikorlik, chorvachilik, baliq … Read More

SIALK

SIALK — Koshon shahri (Eron) yaqinida joylashgan ko’p madaniy qatlamli manzilgoh-xarobasi (miloddan avvalgi 5—1-ming yillik). Sialkdan turar joy qoldiqlari, qabrlar, sopol idishlar, mis va jezdan yasalgan qurollar va boshqalar topilgan.

SETOR

SETOR (forscha — uch torli) -1) Eronda 20-asrgacha keng tarqalgan 3 simli torsimon torlitirnama musiqa cholg’u asbobi; 2) O’zbekiston va Tojikistonda satonning ikkinchi nomi.

SESSIYA

SESSIYA — oliy, o’rta maxsus va kasb-hunar o’quv yurtlarida muayyan mutaxassislik bo’yicha o’quv rejasida belgilangan imtihonlarni topshirish davri.

SERODIAGNOSTIKA

SERODIAGNOSTIKA (lotincha Serum zardob va diagnostika) — kon zardobini tekshirish yo’li bilan kasallikni aniqlash usuli. Serodiagnostika, antigen va unga gomologik antitelolarning o’zaro ta’sirlashuvi natijasida yuzaga keladigan serologik reaktsiya natijalariga asoslangan.

SERIYA

SERIYA (lotincha series — bir qancha) — 1) bir jinsli yoki umumiy belgili narsalar guruhi, turkumi (masalan, ilmiy-ommabop adabiyotlar Seriyasi); 2) qimmatbaho qog’ozlarning (masalan, obligatsiyalar Seriyasi), hujjatlarning (masalan, pasport Seriyasi) … Read More

SERJANT

SERJANT (lotincha serviens — xizmatchi) — ko’pgina xorijiy davlatlar qurolli Kuchlarida kichik komandirlarga beriladigan harbiy unvon hamda shu unvonga ega bo’lgan kishi. O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari hamda Ichki ishlar vazirligi … Read More

SERER

SERER — Senegal (1,32 million kishi, 1990-yillar o’rtalari) va Gambiya (10 ming kishidan ortiq) dagi xalq. Serer tilida so’zlashadi. An’anaviy e’tiqodlar saqlangan. Serer dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanadi.