SEVERSOV CHO’QQISI

SEVERSOV CHO’QQISI – Pyotr I tizmasining shimoliy yon bag’ridagi cho’qqi. Muzgaza daryosining boshlanish joyida. Cho’qqi N.A. Severnoe nomiga qo’yilgan. Alpinistlar Seversov cho’qqisiga 1974 yildan chiqa boshlagan.

SEGNET TUZI

SEGNET TUZI, C4H4O6KNa4H2O vino kislotaning kaliynatriyli qo’shaloqtuzi. Rangsiz kristall modda. 100° da 3 molekula suvini yo’qotadi, to’rtinchi molekula suvi esa 130°da ajraladi. Suvda yaxshi eriydi. Segnet tuzi Feling rektivi tarkibiga … Read More

SEGU

SEGU — Malining Janubiy qismidagi shahar, Niger daryosining o’ng sohilida. Aholisi 90,9 ming kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Qishloq xo’jaligi (sholi, yer yong’oq, shakarqamish, Mango, chorvachilik) rayonning savdo markazi. Paxta … Read More

SEYITNIYAZOV NARBAY

SEYITNIYAZOV NARBAY (1948.5.9, To’rtko’l tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2003). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970 yildan To’rtko’l tumanidagi 32, 1991 yildan 8-maktabda frantsuz tili o’qituvchisi. Noan’anaviy … Read More

SEYM

SEYM (polyakcha — sejm) — 1) Polsha, Litva, Chexiya va Sharqiy Yevropaning boshqa ayrim davlatlaridagi tabaqaviy- vakolatli organlar; 2) Polsha, Litva (1922-40 yil, 1992 yildan) va Latviyada (1922-34) oliy qonun … Read More

SEYSMO…

SEYSMO… (Yun. seismos — yer silkinishi, qimirlashi) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; o’zi birga kelgan so’zning yer qimirlashiga, yer osti silkinishlariga aloqadorligini ko’rsatadi, masalan, seysmograf, seysmologiya.

SEKANS

SEKANS (lotincha secanc — kesuvchi, kesib o’tgan) — 1) trigonometrik funktsiyalardan biri. Sekans sek kabi belgilanadi. 2) to’gri burchakli uchburchak o’tkir burchagi sekansi gipotenuzaning shu o’tkir burchakka yopishgan katetiga nisbatidir.

SEKS

SEKS (lotincha sexus — jins) — jinsiy maylni ifodalash va qondirish bilan bog’liq psixik reaktsiyalar, kechinmalar va hatti-harakatlar majmui.

SEKSTANT

SEKSTANT — ekvatorial yulduz turkumi; Asad, Gidra va kosa yulduz turkumlari orasida joylashgan; Ravshan yulduzlari yo’q. Yer sharining shimoliy kengliklarida qish va bahorda kuzatiladi.

SEKTOR

SEKTOR (lotincha seco — qirqilgan) — 1) egri chiziq yoyi va bu yoy uchlarini egri chiziqda yotmagan nuqta (sektor uchi)ga tutashtiruvchi kesmalar bilan chegaralangan yassi shakl (tekislikdagi Sektor).