SALVADORLIKLAR

SALVADORLIKLAR — xalq. Salvadorning asosiy aholisi (4,84 million kishi). Umumiy soni 5,3 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Asosan, metislar. Ispan tilida so’zlashadilar. Dindorlari — xristian katoliklar.

SALTANAT

SALTANAT (Arabcha) — 1) sultonlik, yakka xon, Amir yoki podsho hukmronligi hamda ularning mavqei; 2) mustamlakalari yoki tobe o’lkalari bo’lgan yirik davlatlar; imperiya.

SALAKA

SALAKA (Clupea harengus membras) — seldlar urug’iga mansub baliq, atlantika seldining kenja turi. Uzunligi 20 santimetrgacha, gigant Salaka —38 santimetrgacha. Boltiq den-gizining Sharqiy qismi, ayrim Shvetsiya ko’llarida tarqalgan. Tuda bo’lib … Read More

SAKSONIYA

SAKSONIYA — 1) sakslar yashagan tarixiy viloyat, ular bu yerda gersoglik-Germaniyaning quyi Saksoniya hududiga to’g’ri keladi. 2) Germaniyaning o’rta qismidagi o’rta asrlar knyazligi (15-asrdan kurfyurstlik), 1806-1918 yillarda Qirollik (poytaxti — … Read More

SAKARIYA

SAKARIYA — Turkiyaning shimoliy g’arbiy qismidagi daryo. Uzunligi 790 kilometr havzasining maydoni 65 ming kilometr kvadrat. Anadolu yassitog’ligidan boshlanib, qora dengizga quyiladi. O’rtacha suv sarfi 200 metr kub/sekund, qishda toshadi. … Read More

SAYRA

SAYRA (Cololabis saira) — sargansimonlar turkumiga mansub tuda bo’lib yashovchi dengiz balig’i. Uzunligi 36 santimetrgacha, vazni 200 grammgacha, tinch okeanning shimoliy qismi va Yapon dengizida tarqalgan. 5-6 yil yashaydi; 3-4 … Read More

SAYMA

SAYMA — Finlyandiyaning Janubiy Sharqiy qismidagi ko’llar sistemasi. Maydoni 4400 kilometr kvadrat (eng kattasi — Sayma ko’li, maydoni 1800 kilometr kvadrat), eng chuqur joyi 82 metr. Qirg’oqlari kuchli yemirilgan, tik; … Read More

SAMOIY

SAMOIY (Arabch, tinglashga oid), samo — 1) qadimgi doira va nog’ora usullaridan biri. Soqiynoma usulining jonliroq turi; 2) unga bog’liq mumtoz kuy hamda ashula yo’llari («Andijon samosi» va boshqalar). Shashmaqomdagi … Read More

SAMODIY XALQLARI

SAMODIY XALQLARI (samodiylar; eski nomi — samoedlar) — xalq. Neneslar, entslar, nganasanlar, selkuplarning umumiy nomi. Samodiy tilida so’zlashadi. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, Janubiy Sibir Samodiy xalqlarining qadimgi vatani bo’lib, ular bu … Read More

SAMOALAR

SAMOALAR — Polineziya xalqi. Samoa orolining asosiy aholisi (190 ming kishi). Yangi Zelandiya, Avstraliyada ham yashaydilar. Umumiy soni 335 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Dindorlari, asosan, xristian protestantlar.